Uz / Ўз Ru En

Toshkent

20/Oktabr/2021   Saylov - 2021

Stokgolm shahrida ham O‘zbekiston Prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish o‘tkazildi


STOKGOLM, 20-oktabr. /«Dunyo» AA/. Olis Skandinaviya yarim oroli markazi sifatida dong taratgan Shvetsiya Qirolligi va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi yillarda davlatimizning yangi ochiqlik va yaxshi qo‘shnichilik siyosati, inson huquqlari va erkinligini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasida rivoj topib bormoqda. Buni o‘zaro savdo hajmining oshayotgani va Shvetsiya sarmoyadorlarining yurtimizga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotganida ham ko‘rishimiz mumkin.

Davlatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning yanada mustahkamlanishiga ko‘prik bo‘lib xizmat qilayotgan yana bir muhim omil – bu Shvetsiyada ko‘plab o‘zbekistonliklarning o‘qish va mehnat faoliyati bilan mashg‘ulligidir. 

Mamlakatimizning Shvetsiyadagi (qarorgohi Berlin shahrida) elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, vatandoshlarimiz, asosan, Stokgolm, Malmyo, Gyoteborg va Lund shaharlarida vaqtincha yoki doimiy ravishda istiqomat qiladi. Stokgolm shahrida O‘zbekiston Prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish nuqtasi tashkil etilib, ularga o‘z konstitutsiyaviy huquqidan foydalanish uchun imkoniyat yaratildi.

Vatandoshlarimiz joriy yilgi saylov avvalgilaridan farqli ravishda yangicha siyosiy muhit shakllanayotgan sharoitda xalqaro tamoyillar asosida tashkil etilgani haqida fikr bildirdi.

– Biz O‘zbekiston elchixonasi vakillarining Stokgolmda muddatidan oldin ovoz berish jarayonini tashkil qilganidan mamnunmiz va buning uchun minnatdorligimizni bildiramiz. Prezidentlikka nomzodlarning tarjimai holi, saylovoldi dasturlari bilan tanishgan holda o‘z tanlovimizni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldik. Barchasi oshkora, milliy saylov qonunchiligi va xalqaro standartlar talablariga muvofiq tarzda o‘tdi. Ahamiyatli jihati shundaki, Shvetsiyada koronavirus pandemiyasiga qarshi emlash jarayoni taxminan 80 foizdan yuqori ekani va karantin choralari bekor qilingani sababli vatandoshlarimiz sayyor saylov uchastkasiga oila a’zolari bilan birga keldi, - dedi metro poyezdi haydovchisi Temur Mahmudov.

– Stokgolm shahrida muddatidan oldin tashkil etilgan ovoz berish jarayonida 100 nafardan ziyod vatandoshimiz faol qatnashib, davlatimizning porloq kelajagiga befarq emasligini namoyish etdi,  - deydi Lund universiteti professori Rustamjon O‘rinboyev. – Bugun hamma xursand, ko‘zlarda quvonch. Davlatimizning xorijdagi vatandoshlarga ko‘rsatayotgan e’tibori va qo‘llab-quvvatlovidan juda mamnunmiz.

Mavzuga oid

Pokistonda yashayotgan vatandoshlarimiz ...

Bugun tongda mamlakatimizning Islomobod shahridagi elchixonasi huzurida tashkil etilgan 2...

Turkiyaning Bursa shahrida mahalliy omma...

Mamlakatimizning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan Turkiya ommaviy axborot v...

MDH kuzatuvchilar missiyasi rahbari, MDH...

O‘zbekiston Prezidenti saylovida MDH kuzatuvchilar missiyasiga rahbarlik qilayotgan MDH Ij...

So`nggi yangiliklar