Uz / Ўз Ru En

Toshkent

11/Avgust/2022   Madaniyat

Surxondaryo teatri jamoasi tomonidan Tojikistonda namoyish etilgan sahna asari tomoshabinlarning olqishiga sazovor bo‘ldi

DUSHANBE, 11-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan mamlakatimizning Dushanbe shahridagi elchixonasi ko‘magida Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Ilhom Safarov boshchiligidagi Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasining Tojikistonga ijodiy safari tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Safar davomida Dushanbe shahrida joylashgan Tojikiston Yoshlar teatrida ushbu jamoa sanʼatkorlarining sahnalashtirilgan “Muhabbatim – qismatim mening” spektakli namoyish etildi.

200 nafardan ziyod tomoshabinlar hukmiga havola etilgan, oilaviy munosabatlar va farzandlar tarbiyasi to‘g‘risida hikoya qiluvchi ushbu spektakl teatr ijodkorlari tomonidan mahorat bilan ijro etilgani bois tomoshabinlarning olqishlariga sazovor bo‘ldi.

Mavzuga oid

Onlayn “Lazgi” raqslari orqali Xorazmnin...

Xorazm lazgisi o‘tgan yili YuNESKOning insoniyat nomoddiy-madaniy merosi ro‘yxatiga kiriti...

"Rangsiz tushlar" filmi Bangladesh poyta...

“O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan rejissyor Ayub Shahobidd...

O‘zbekistonlik noshirlar Minskdagi 28-xa...

Joriy yil 18-21 fevral kunlari Belarusda “Kitob insonlar va mamlakatlarni birlashtiradi” s...

So`nggi yangiliklar