Uz / Ўз Ru En

Toshkent

03/Avgust/2020   Iqtisodiyot

Surxondaryodan Afg‘oniston va Pokistonga 41 million AQSh dollarlik dukkakli ekinlar eksport qilindi


TERMIZ, 3 avgust. /«Dunyo» AA/. Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi tasarrufidagi tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlari orqali viloyatdan jami 29,4 million AQSh dollarlik 20 ming tonnadan ortiq loviya mahsulotlari xorijga eksport qilingan, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri viloyat bojxona boshqarmasi manbasiga asoslanib.

Eksport qilingan loviyaning asosiy xaridorlari Pokiston va Afg‘oniston davlatlari hisoblanadi.

Yana bir jihat shundaki, pandemiya boshlangan davrdan, ya’ni 2020 yilning mart oyidan shu kunga qadar Afg‘oniston va Pokiston davlatlariga 24,2 million AQSh dollarlik 14,1 ming tonna loviya eksporti amalga oshirilgan.

Shu bilan birga, joriy yilning o‘tgan davrida Surxondaryo viloyatidan mazkur ikki davlatga 9,4 million AQSh dollarlik mosh va 2,2 million AQSh dollarlik no‘xat mahsulotlari ham sotildi.

Mavzuga oid

200 va 500 so‘mlik qog‘oz pullar 1 iyuld...

Mamlakatmizda amaldagi 200 va 500 so‘mlik qog‘oz pullar 2020 yil 1 iyuldan muomaladan chiq...

Gul yetishtirishda Turkiya tajribasi o‘r...

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Turkiyaning gulchi...

«ACWA Power» kompaniyasi bilan elektr st...

Avval Saudiya Arabistoning «ACWA Power» kompaniyasi Sirdaryo IESda davlat xususiy sherikli...

So`nggi yangiliklar