Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Avgust/2020   Dolzarb

Ta’lim, madaniyat va sport sohasida iqtidorli 28 nafar yosh «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlandi

TOSHKENT, 27-avgust. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.


Qarorga asosan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda faollik ko‘rsatib, o‘zining bilim va iqtidori, intiluvchanligi va tashabbuskorligi, halol va samarali mehnati bilan Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va yuqori salohiyatga ega, xalq manfaati va yurt istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan fidoyi va mard o‘g‘lonlarimizni munosib rag‘batlantirish maqsadida 28 nafar yoshlar “Mard o‘g‘lon”davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Eslatib o‘tamiz, “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, ushbu mukofot o‘qishdagi muvaffaqiyatlari, ijtimoiy faolligi va iste’dodi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan iqtidorli yigitlarga fan, ta’lim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, san’at, sport, ishlab chiqarish, harbiy xizmat sohalarida hamda huquqni muhofaza qilish organlaridagi faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun beriladi.
 

Mavzuga oid

Rossiyadan munosabat: O‘zbekiston-Pokist...

Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti tadqiqotchisi Aleksandr Vorobyov O‘zbe...

Latviyadan munosabat: «Hindiston-Markazi...

Latviya Fanlar akademiyasining Iqtisodiyot instituti direktori Nina Linda “Dunyo” AA uchu...

Elchi Yaponiya parlamentining O‘zbekisto...

O‘zbekiston elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov Yaponiya parlamentining vakillar palatasi de...

So`nggi yangiliklar