Uz / Ўз Ru En

Toshkent

11/Sentabr/2020   Dolzarb

Tadeush Bodio: O‘zbekiston Prezidenti inqiroz sharoitida mamlakatni boshqarish qobiliyatini namoyish etmoqda

VARShAVA, 11 sentyabr. /«Dunyo» AA/. Varshava universiteti qoshidagi Siyosatshunoslik institutining Sharqshunoslik fakulteti rahbari, professor T.Bodio ilmiy-tadqiqot ishlari yakuni bo‘yicha «Marshalek» xoldingi tomonidan chop etilgan "Nowa polityka Wschodnia" ("Yangi Sharq siyosati") to‘plamida "O‘zbekiston: davlat to‘liq qayta qurish jarayonida" sarlavhali maqolasini e’lon qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.



Muallif o‘z izlanishlarida 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini chuqur va ob’ektiv tahlil qilgan.

Polshalik mutaxassis islohotlar me’mori – O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev faoliyati ushbu jarayonda hal qiluvchi rol o‘ynaganini qayd etadi. Davlatimiz rahbari siyosati va u tomonidan olib borilayotgan islohotlar transformatsion yetakchilik modeliga mos kelishi ta’kidlangan. U davlat rahbari vatanparvarlik ruhidagi islohotlarni amalga oshirayotganini qayd etib, jamiyat kutgan umidlar ekanini bildiradi. Shu bilan birga, ushbu jarayon yuqori mas’uliyatga ega ekanini aytadi.

Muallif O‘zbekistonda ijtimoiy hayotning barcha muhim sohalariga ta’sir ko‘rsatgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy o‘zgarishlar haqida yozadi. U islohotlardan ko‘zlangan maqsad – zamonaviy standartlar va ko‘p millatli O‘zbekiston fuqarolari manfaatlariga to‘liq mos keladigan model asosida davlat qurish, ekanini ta’kidlaydi.

“Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha strategiyasiga ham mos keladigan ushbu islohotlar Yevropa Ittifoqi bilan O‘zbekiston o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida keng qamrovli bitim tuzish bo‘yicha muzokaralar uchun turtki bo‘ldi”, deydi muallif.

T.Bodio Prezident Shavkat Mirziyoyevning islohotlar faoliyati natijalari O‘zbekiston jamiyatida keng e’tirof etilayotganini ta’kidlaydi. Shuningdek, polshalik ekspert ilmiy izlanishlari xulosasida xalqaro ekspertlar hamjamiyatining baholarini ham keltiradi: “Strateg East” markazining (Vashington) SSSR qulaganidan keyin uning o‘rnida tashkil topgan mamlakatlarda huquqiy davlat va iqtisodiy o‘zgarishlarga 2018 yilda bergan yuqori bahosi; "The Economist" nashrining 2019 yil dekabrda mamlakatdagi o‘zgarishlar va yangi hukumat intilishlarini inobatga olib, O‘zbekistonni "Yil mamlakati" deb topgani; O‘zbekiston Prezidentining 2020 yil boshida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi tomonidan "Turk dunyosi"ning tiklanishiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun mukofoti bilan taqdirlangani shular jumlasidan.

Muallifning fikriga ko‘ra, bu O‘zbekiston Prezidenti tomonidan boshlangan islohotlarni amalga oshirishda, birinchi navbatda, hokimiyatni taqsimlash tamoyillarini takomillashtirish va byurokratiyani qisqartirish, ijtimoiy-iqtisodiy hayotni liberallashtirish, fuqarolarning huquq va erkinliklariga rioya qilinishini ta’minlash, ommaviy axborot vositalari faoliyati, qonun ustuvorligi va xizmatlar faoliyati, jamoat tartibi, moliyaviy siyosat sohasida yutuqlarga erishilganining dalilidir.

Siyosatshunosning ta’kidlashicha, Harakatlar strategiyasi qabul qilinishidan oldin xorijiy institut va ekspertlar bilan keng ko‘lamli maslahatlashuvlar o‘tkazilgan. Chuqur inqirozning oldindan aytib bo‘lmaydigan oqibatlari va mamlakatda to‘planib qolgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hisobga olgan holda ushbu hujjatning ishlab chiqilgani O‘zbekiston uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Polshalik mutaxassis tahlilida aks etgan yana bir muhim hujjat bu – 2017 yilda boshlangan islohotlarni davom ettirishga qaratilgan va yetti ustuvor yo‘nalishdan iborat, 2019 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasini 2030 yilgacha har tomonlama ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi. Islohotlarning asosiy maqsadi, muallifning fikriga ko‘ra, O‘zbekistonni dunyoning yuqori darajada rivojlangan davlatlari qatoriga kiritishdir.

Professor T.Bodio so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar asosiy natijalarini tahlil qilar ekan, davlat bilan jamiyat o‘rtasida o‘rnatilgan muloqot hukumatga bo‘lgan ishonchni kuchaytirish, byurokratiya va korrupsiyaga qarshi kurashish jarayoniga turtki berganini aytadi. Shuningdek, hokimiyatning ochiqligini ta’minlash, davlat boshqaruvi islohotlarini samarali amalga oshirish, inson resurslarini yanada kuchaytirish, ma’muriy-taqsimotni qayta ko‘rib chiqish, davlatning iqtisodiyotdagi monopolistik tutumini cheklash va bozor mexanizmlarini joriy etishga imkon yaratgani qayd etiladi.

​Taraqqiyot quyidagi yo‘nalishlarda qayd etiladi: qonunchilik va institutlarni bozor iqtisodiyoti standartlariga moslashtirish; boshqaruv tizimiga raqamli texnologiyalarni joriy etish; iqtisodiy monitoring va statistika xizmatlarini qayta qurish; mahsulot va xizmatlarning to‘liq huquqli bozorini yaratish; byudjet mablag‘larini taqsimlashni maqsadli tashkil qilish; xalqaro moliya bozori bilan integratsiyalashuv; bank tizimini qayta qurish va diversifikatsiya qilish; milliy valyutani konvertatsiya qilish; chet el investitsiyalari uchun qulay sharoit yaratish; narxlarni erkinlashtirish va soliq tizimini soddalashtirish; soliq tizimi hamda xizmatlarini takomillashtirish; mehnat bozori ehtiyojlarini hisobga olgan holda ta’lim tizimini isloh qilish; xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy hamda kasbiy faollashtirish; aloqa va transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish; korrupsiyani tugatish; tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish; kredit siyosatini takomillashtirish.

Tahlillarda, O‘zbekiston investitsiya uchun qulay sharoit yaratish bo‘yicha dunyoning eng yaxshi o‘nta davlati qatoriga kirgani, Jahon banki hisobоtiga ko‘ra, "Doing Business" reytingida O‘zbekiston 190 mamlakat ichida 69-o‘ringa ko‘tarilganiga yuzasidan fikrlar ham keltiriladi.

Polshalik mutaxassis tashqi siyosatdagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda, mamlakatni “yakkalash" (izolyatsiya)dan bosh tortib, davlatning globallashayotgan dunyo uchun ochilishini bu sohadagi tub burilish, deb ataydi. O‘zbekistondagi jo‘shqin faoliyat, mintaqada hamda xalqaro maydonda ishonch va mamlakat obro‘sini mustahkamlash siyosatining ijobiy samarasi qayd etildi.

“Jahon va mintaqaviy kuchlar bilan hamkorlik muvozanatli, davlat manfaatlariga javob beradigan tarzda olib borilmoqda, qator xalqaro sheriklar bilan tijorat va investitsiyalar sohasida hamkorlik muvaffaqiyatli davom etmoqda. Qo‘shni davlatlar bilan konstruktiv siyosiy muloqot o‘rnatish, chegaralarni delimitatsiya qilish, aholi migratsiyasi, tranzit yo‘llarining logistika masalalari, energetika, ekologiya va suv ta’minoti bilan bog‘liq tarixiy kelishmovchiliklar tufayli yuzaga kelgan mojarolar va ziddiyatlarni bartaraf etish – Osiyo integratsiyasi uchun qulay bo‘lgan siyosiy muhit o‘zgarishiga va mintaqa rivojlanishini oshirishga ta’sir qilmoqda”, deya baholaydi mutaxassis.

Muallif Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan Markaziy Osiyo davlatlariga nisbatan siyosatning mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash maqsadida qayta ko‘rib chiqilishi natijasida amalga oshirilayotgan islohotlar strategiyasining sezilarli foyda keltirishiga ishonch bildiradi. Uning fikriga ko‘ra, so‘nggi yillardagi mintaqaviy hamkorlik natijalari O‘zbekiston rahbari tomonidan ishlab chiqilgan "Hamkorlik raqobatdan yaxshiroq" shiorining to‘g‘riligini tasdiqlaydi.

Shuningdek, u Polsha O‘zbekistondagi islohotlarga ijobiy munosabatda bo‘lib, iqtisodiy hamkorlik kengayib borayotganini ta’kidlaydi. 2019 yilda o‘zaro mahsulot ayirboshlash hajmi deyarli 120 foizga o‘sib, pandemiya sharoitiga qaramasdan, savdo aylanmasi 2020 yilning birinchi yarmida 131,8 foizga o‘sganini mamnuniyat bilan qayd etadi. Mamlakatlar o‘rtasida diplomatik, shuningdek, ta’lim, fan, turizm va sog‘liqni saqlash sohalarida ikki tomonlama hamkorlik faollashgani aytiladi.

Muallif Shavkat Mirziyoyev boshchiligida O‘zbekistonda amalga oshirilgan o‘zgarishlar tahlilini sarhisob qilib, mamlakat Prezidenti o‘z harakatlari bilan mustaqil O‘zbekiston tarixida yangi sahifa ochganini ma’lum qiladi.

“Davlat rahbari o‘z faoliyatini mamlakat oldidagi xizmati sifatida qabul qiladi. Bu kelajakka qaratilgan islohotlarni amalga oshirishga bo‘lgan qat’iyatdan dalolat. Prezident ijro hokimiyatidagi kamchiliklar, islohotlarni kechiktirgani uchun davlatning yuqori mansabdor shaxslariga tanqidiy fikrlarini ochiq bayon qiladi. U inqiroz sharoitida boshqarish qobiliyatini namoyish eta olgan, odamlar va ular muammolariga ochiq munosabatda bo‘lgan tizim rahbaridir”.

Maqola muallifining ta’kidlashicha, mamlakat Prezidenti zamonaviy boshqaruv tizimini yuqori baholab, "Raqamli O‘zbekiston" konsepsiyasini amalga oshirmoqda. U O‘zbekistonni o‘zgartirmoqda, davlat hokimiyatiga bo‘lgan ishonchni tiklashga va jamiyat sub’ektivligi chegaralarini kengaytirishga katta ahamiyat beryapti. Davlat rahbari siyosiy marketing afzalliklarini qadrlaydi, o‘z mamlakatining xalqaro maydondagi obro‘si haqida qayg‘uradi.

Muallif haqida qisqacha: Tadeush Bodio falsafa doktori, 2009 yildan buyon Varshava universiteti qoshidagi Siyosatshunoslik institutining Sharqshunoslik fakulteti rahbari. 2005-2008 yillarda Sharqshunoslik loyihasini boshqargan. Sharqiy Yevropa, Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlarida siyosiy fanlar nazariyasi va metodologiyasi, siyosat psixologiyasi, transformatsiya nazariyasi hamda amaliyoti bo‘yicha mutaxassis.

U O‘zbekistonda ham ma’ruzalar qilib, maslahat uchrashuvlari o‘tkazgan. Polsha hukumatining O‘zbekistondagi stipendiantlari diplom ishlarining ilmiy rahbari. O‘zbekistonlik qator nomzodlik va doktorlik dissertatsiyasiga nomzodlar taqrizchisi. Xalqaro konferensiya va ilmiy seminarlar, shu jumladan O‘zbekiston Konstitutsiyasi va Orol dengiziga bag‘ishlangan Polsha – O‘zbekiston konferensiyalari tashkilotchisi va hamkori. 2013 yildan beri "Demokratlashtirish va inson huquqlari" (O‘zbekiston) jurnalining tahrir kengashi a’zosi.

Mavzuga oid

Belarusda prezident saylovlarining dastl...

Ovoz berish jarayonlariga jami 5 million 790 ming saylovchi ishtirok etgani qayd etiladi x...

Turkiyalik ekspert: O‘zbekiston Preziden...

BMT Sivilizatsiyalar alyansi bo‘yicha Turkiya milliy muvofiqlashtiruvchi kengashi raisi, t...

Buxoroda «temir daftar»ga kiritilgan ayo...

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan COVID-19 salbiy oqibatlarini yumshatish, mamlakati...

So`nggi yangiliklar