20/May/2021 Dolzarb
BANGKOK, 20-may. /“Dunyo” AA/. Tailand ijtimoiy rivojlanish va inson xavfsizligi vazirligi ijtimoiy rivojlanish masalalari boshqarmasi yetakchi xodimi Saranjit Bunnak BMT Bosh Assambleyasi tomonidan Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar zonasi, deb eʼlon qilish to‘g‘risida rezolyutsiyasi qabul qilinganini kutilgan yangilik sifatida eʼtirof etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri
- BMT Bosh assambleyasining navbatdagi yalpi majlisida Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar zonasi, deb eʼlon qilish to‘g‘risidagi kutilgan rezolyutsiya bir ovozdan qabul qilindi,- dedi u.- Barchaga maʼlumki, ushbu tashabbus O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020 yilning sentyabr oyida BMT Bosh assambleyasining 75-sessiyasida ilgari surilgan edi. O‘tgan qisqa vaqt ichida O‘zbekiston diplomatlari BMTga aʼzo barcha davlatlar bilan ushbu rezolyutsiyani ishlab chiqishga hamda 50 dan ortiq davlatlar hammuallifligida qabul qilinishiga muvaffaq bo‘ldi.
Bu dunyo mamlakatlari Orolbo‘yicha mintaqasi aholisining ekologik ofatdan aziyat chekishiga befarq emasligi va ularga hamdard ekanini anglatadi. Xalqaro jamoatchilik, shu jumladan, Tailand Orolbo‘yi mintaqasi aholisi sharoitlarini yaxshilashga yordam berishga tayyor.