Uz / Ўз Ru En

Toshkent

16/Aprel/2021   Jamiyat

“Tashkent Law Spring” II xalqaro huquqiy forumi sessiyalaridan biri intellektual mulkni muhofaza qilishga bag‘ishlanadi


TOShKENT, 16 aprel. /«Dunyo» AA/. “Tashkent Law Spring” II xalqaro huquqiy forumining sessiyalaridan biri “Intellektual mulk muhofazasi: dolzarb muammolar va ularni hal etish yo‘llari” mavzusiga bag‘ishlanadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi ma’lumotiga ko‘ra, sessiya doirasida quyidagi masalalar muhokama qilinishi rejalashtirilgan:

– Kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish: mavjud amaliyot va dolzarb muammolar;

– “Ex-officio” va intellektual mulk huquqlarining bojxona nazorati;

– Raqamli muhitda intellektual mulk muhofazasi;

– Mulkiy huquqlarni jamoaviy boshqaruvchi tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish;

– Yevropa va Markaziy Osiyoda geografik ko‘rsatkichlar. FAOning Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqaviy byurosi tajribasi va 2021—2022-yillarga mo‘ljallangan rejalari;

– Qishloq xo‘jaligi biznesini rivojlantirishda geografik ko‘rsatkichlarning o‘rni: mavjud vositalar, mexanizmlar va afzalliklar;

– Geografik ko‘rsatkichlar sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini targ‘ib qilish vositasi.

Sessiyada intellektual mulk muhofazasi bo‘yicha katta tajribaga ega bo‘lgan nufuzli xorijiy tashkilotlarning vakillari ishtirok etadi.

Xususan, ushbu sessiyada Butunjahon intellektual mulk tashkilotining (BIMT) Kavkaz, Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa mamlakatlari bo‘limi boshlig‘i Ilya Gribkov, BIMTning Intellektual mulkka nisbatan hurmat hissini shakllantirish bo‘limi katta yurist konsultanti Samer Al-Taranex, ushbu bo‘lim huquqiy maslahatchisi Tomas Dillon, Lyubliana universiteti professori Bojan Pretnar (Sloveniya), BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) vakili Dmitriy Zvyagensev hamda FAO xalqaro ekspertlari Irina Kireyeva va Ozden Ilkhan kabi taniqli mutaxassislar ishtiroki katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Mavzuga oid

O‘zbekiston ko‘magi bilan Qirg‘izistonda...

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari A.Inoyatov bosh...

O‘zbekistonlik vrachlar Yevropa klinikal...

O‘zbekistonning Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasi ko‘magida O‘zbekiston Respubli...

Oʼzbekoziqovqatxolding: Oʼzbekistonda pi...

Kompaniya tahlillarga tayanib, joriy yilning 3 martidan Oʼzbekistonda piyoz eksporti toʼxt...

So`nggi yangiliklar