Uz / Ўз Ru En

Toshkent

16/Aprel/2021   Jamiyat

“Tashkent Law Spring” II xalqaro huquqiy forumining sessiyasi siyosatni amalga oshirish (Policy implementation) masalalariga bag‘ishlanadi


TOShKENT, 16 aprel. /«Dunyo» AA/. “Tashkent Law Spring” II xalqaro huquqiy forumining sessiyalaridan biri siyosatni amalga oshirish (Policy implementation) masalalariga bag‘ishlanadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi ma’lumotiga ko‘ra, sessiya doirasida quyidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan:

– “Policy implementation”ning ahamiyati va uni amalga oshirish mexanizmlari;

– “Policy implementation”ni amalga oshirish jarayonlari;

– “Policy implementation”ni amalga oshirishning muhim bosqichlari;

– “Policy implementation”ni tatbiq qilish bo‘yicha xalqaro tajriba.

Sessiyada “Policy implementation” bo‘yicha katta tajribaga ega bo‘lgan nufuzli xorijiy tashkilotlarning vakillari ishtirok etadi.

Ular orasida, xususan, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Yevroosiyo bo‘limi rahbari Uilyam Tompson, Xalqaro advokatlar assotsiatsiyasi bosh kotibi Klaudio Visko, Kil universitetining Sharqiy Yevropa mamlakatlari huquq instituti rahbari, professor Aleksandr Trank kabi taniqli ekspertlar bor.

Mavzuga oid

Turkiyadagi O‘zbekiston yoshlari xayriya...

O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi pandemiya sharoitida mazkur mamlakatda ta’lim olis...

YEOIIga aʼzo davlatlar fuqarosi hisoblan...

Endilikda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YEOII) aʼzo davlatlar fuqarosi hisoblangan mehn...

Hind ekspertlari: O‘zbekiston Prezidenti...

“Tillotoma Foundation” ilmiy tadbirlar tashkil etishga ixtisoslashgan tashkiloti bilan ham...

So`nggi yangiliklar