Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Iyun/2022   TIV yangiliklari

Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Qirg‘iziston elchisi bilan uchrashdi

TOSHKENT, 24-iyun. /“Dunyo” AA/.  O‘zbekiston  tashqi  ishlar  vazirining  o‘rinbosari  Furqat  Sidiqov kecha Qirg‘iziston  elchisi  Musa  Jamanbayev  bilan  uchrashuv  o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


TIV maʼlumotiga ko‘ra, ikki  tomonlama  hamkorlikni  rivojlantirish  hamda  bo‘lajak  oliy  va  yuqori  darajadagi  tadbirlarga  tayyorgarlik  ko‘rish  masalalari  muhokama  qilindi.

Tomonlar  ikki  mamlakat  Prezidentlarining  shaxsiy  aloqalari,  ochiq  va  ishonchli  muloqoti,  qatʼiy  siyosiy  irodasi  tufayli  so‘nggi  yillarda  O‘zbekiston-Qirg‘iziston  munosabatlari  sifat  jihatidan  yangi  bosqichga  ko‘tarilganini  taʼkidladilar.

Savdo,  sanoat  kooperatsiyasi,  qishloq  xo‘jaligi  va  madaniyat  sohalaridagi  ikki  tomonlama  munosabatlarni  jadallashtirish  masalalariga  alohida  eʼtibor  qaratildi.

Mintaqaviy  va  xalqaro  ahamiyatga  molik  dolzarb  masalalar  yuzasidan  ham  fikr  almashildi.

Uchrashuv  ochiq,  do‘stona  va  konstruktiv  muhitda  o‘tdi.

Mavzuga oid

Braziliyaning O‘zbekistondagi yangi elch...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov bugun Braziliya elch...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri va AQSH...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Vashingtond...

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Ohanga...

Toshkent viloyati Ohangaron shahrida amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash...

So`nggi yangiliklar