Uz / Ўз Ru En

Toshkent

10/Aprel/2021   TIV yangiliklari

Tashqi ishlar vazirligi Ohangaron shahridagi 7-maxsus maktabga o‘quv anjomlari taqdim etdi - fotoreportaj


TOSHKENT, 10-aprel. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi va mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari ko‘magida Ohangaron shahridagi 7-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan yordamchi maktabga xayriya ko‘magi ko‘rsatildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbirlari Jobir Xo‘jaqulov va Anvar Ilyosov (foto).

Insonparvarlik ko‘magini topshirish marosimida tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Erkin Hamroyev, Ohangaron shahar hokimi Akrom Eshonqulov, maktab ma’muriyati va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Ixtisoslashtirilgan maktab-internatga 10 ta maxsus parta, 2 ta kompyuter komplekti, 2 ta proyektor, 2 ta elektron doska, 2 ta nogironlik aravachasi, printer va kitoblar topshirildi.

Mazkur xayriya aksiyasi ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining mukammal bilim olishi, xavfsizligini ta’minlash, salomatligini muhofaza qilish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qiladi.

- Yaqinda tashqi ishlar vazirligi xodimlari maktabimiz ahvoli bilan tanishgan edi, - deydi maktab direktori Dilbar Mamedova. - Bugun zarur bo‘lgan jihozlarni bizga taqdim etishdi. Ushbu xayriya ko‘magi uchun jamoamiz va maktabimiz o‘quvchilari, ularning ota-onalari nomidan vazirlik jamoasiga minnatdorlik bildiramiz.

Mavzuga oid

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘r...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sherzod Asadov Varshava shahrida Yevropada xa...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri “Dunyo”...

Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov vazirlik hayʼatining kengaytirilg...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Turkiya...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bugun Turkiya elchisi etib tayinlangan ...

So`nggi yangiliklar