Uz / Ўз Ru En

Toshkent

11/Aprel/2021   TIV yangiliklari

Tashqi ishlar vazirligi vakillari Ohangaron shahridagi «Texnopark» imkoniyatlari bilan tanishdi — fotoreportaj


TOShKENT, 11 aprel. /«Dunyo» AA/. Tashqi ishlar vazirligi vakillari Ohangaron shahridagi 6- maktab va «Texnopark» faoliyati bilan tanishdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbirlari Jobir Xo‘jaqulov va Anvar Ilyosov (foto).

Ohangaron shahar yoshlarining zamonaviy bilimlarga ega bo‘lishi va innovatsion yondashuvlarini ro‘yobga chiqarishga yo‘naltirish maqsadida «Texnopark» tashkil etilgan.

O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi ko‘magida ushbu mamlakatning «Beanz» kompaniyasi va Ohangaron shahridagi «Texnopark» o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Ushbu sa’y-harakatlar doirasida 50 nafar yigit-qizning 10 oylik dasturchilikka beg‘araz o‘qitish loyihasi ishlab chiqilmoqda. Ushbu loyihani joriy yilda boshlash rejalashtirilgan.

Shahardagi 6-maktab o‘quvchilariga ham zamanoviy axborot texnologiyalari chuqur o‘rgatilmoqda. «Texnopark» tomonidan mazkur maktabda maxsus innovatsion sinf tashkil etilgan.

Tashqi ishlar vazirligi va shahar rahbariyati «Texnopark» imkoniyatlarini kengaytirish va xorijiy davlatlarning yetakchi IT-kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha kelishib oldi.

Mavzuga oid

Tashqi ishlar vaziri tizimda mehnat qila...

Bugun 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston tashqi ishlar vazirl...

O‘zbekistonning xalqaro xususiy huquq so...

Bugun “Gaaga xalqaro xususiy huquq bo‘yicha konferensiyasi (GXXHK)ning qator konvensiyalar...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri YEXHTni...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bugun Yevropada xavfsizlik va hamkorlik...

So`nggi yangiliklar