Uz / Ўз Ru En

Toshkent

13/Aprel/2021   TIV yangiliklari

Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston-Rossiya vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvi bo‘lib o‘tdi


TOSHKENT, 13-aprel. / “Dunyo” AA/. Bugun  O‘zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, tomonlar delegatsiyalariga O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev va Rossiya tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Andrey Rudenko boshchilik qildi.

Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, ilmiy-maʼrifiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini hamda ko‘p tomonlama tashkilotlar doirasidagi o‘zaro aloqalarni, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlik masalalarni atroflicha muhokama qildi.

Ilgari erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishdagi o‘zgarishlar va turli darajalarda bo‘lib o‘tadigan qo‘shma tadbirlar jadvali ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya kun tartibining boshqa masalalari ham muhokama qilindi.

Mavzuga oid

Tashqi ishlar vazirligi Toshkent viloyat...

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev va TIVning masʼul...

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Ohanga...

Toshkent viloyati Ohangaron shahrida amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash...

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri uch kun...

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 16-18-fevral kunlari Tojikiston, Turkma...

So`nggi yangiliklar