04/Mart/2021 TIV yangiliklari
TOSHKЕNT, 4 mart. /«Dunyo» AA/. Bugun O‘zbekiston va Belarus tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, tomonlar delegatsiyalariga O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev va Belarus tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Guryanov rahbarlik qildi.
Uchrashuvda delegatsiyalar siyosiy, iqtisodiy, investitsion va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qildi hamda xalqaro va mintaqaviy siyosat masalalari yuzasidan fikr almashdi.
Ilgari erishilgan kelishuvlarning ijro jarayoni hamda turli darajalarda bo‘lib o‘tadigan qo‘shma tadbirlar jadvali ko‘rib chiqildi.