Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/May/2023   TIV yangiliklari

Tashqi ishlar vazirligida “Yevropa ittifoqi – Markaziy Osiyo” formatidagi tadbirlarga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi

 TOSHKENT, 27-may. /“Dunyo” AA/. Tashqi ishlar vazirligida Yevropa mamlakatlari va Yevropa ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Oybek Shaxavdinov va Yevropa ittifoqi delegatsiyasi rahbari Sharlotta Adrian o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Uchrashuvda O‘zbekiston va Yevropa ittifoqi o‘rtasidagi  hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, ikki tomonlama va mintaqalararo shaklda bo‘lajak tadbirlar muhokama qilindi.

Xususan, bo‘lajak “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammiti kun tartibi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi munosabatlarni yana-da rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma tadbirlarni tashkil etish amaliyotini davom ettirishga kelishib olindi.

Mavzuga oid

Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinb...

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Furqat Sidiqov bugun Iqtisodiy ...

O‘zbekiston Prezidentining Maxsus vakili...

O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Ergashev bugun Fra...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri: Afg‘on...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bugun Afg‘oniston bilan qo‘shni davlatl...

So`nggi yangiliklar