Uz / Ўз Ru En

Toshkent

07/Dekabr/2020   Jamiyat

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Germaniyaga olib chiqish bilan bog‘liq ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi

TOSHKENT, 7-dekabr. /“Dunyo” AA/.  O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi so‘nggi kunlarda Germaniyaga olib chiqish vaʼdasi bilan O‘zbekiston fuqarolarini aldab, mablag‘ o‘zlashtirayotgan firibgar haqida ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilinayotgan turli maʼlumotlar yuzasidan munosabat bildirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 sentyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risida»gi Nizom talablariga muvofiq Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan yuqorida zikr etilgan shaxsga litsenziya berilmagan. O‘z navbatida mazkur fuqaro (UMID_UZEURO telegram sahifasi) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega emas.

«Fuqarolarimizni xorijda yashash yoki ishga joylashtirish vakolatiga ega bo‘lmagan tashkilotlar yoki shaxslarga ishonmaslikka, turli ko‘rinishdagi shartnomalarni tuzmaslikka chaqiramiz.

Agar shunday vaziyatlarga duch kelsangiz, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi yoki Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga murojaat qilishingiz mumkin», deyiladi Agentlik manbasida.

Mavzuga oid

Blokcheyn texnologiyalarini davlat xizma...

O‘zbekiston Davlat xizmatlari agentligi, BMT Taraqqiyot dasturi va Yevropa Ittifoqining ma...

Niderlandiyadagi yana bir vatandosh “Olt...

O‘zbekiston Respublikasining Benilyuks mamlakatlaridagi elchixonasi vakillari Niderlandiya...

O‘zbekiston raisligida MDH sog‘liqni saq...

Bugun O‘zbekiston raisligida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ning sog‘likni saqlash s...

So`nggi yangiliklar