Uz / Ўз Ru En

Toshkent

02/Fevral/2023   Sport

Tennis bo‘yicha O‘zbekiston va AQSH terma jamoalari o‘rtasida kechadigan bahslarga qurʼa tashlandi

TOSHKENT, 2-fevral. /“Dunyo” AA/.  Ertaga mamlakatimiz poytaxtida tennis bo‘yicha Devis kubogining saralash bosqichi doirasidan o‘rin olgan O‘zbekiston va AQSH terma jamoalari o‘rtasidagi bahslar boshlanadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Bugun ikki kun davom etadigan saralash bahslariga qurʼa tashlash marosimi va matbuot manjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda Yoshlar siyosati va sport vazirining o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov, MOQ bosh kotibi Oybek Qosimov, O‘zbekiston Tennis federatsiyasi bosh kotibi Iroda To‘laganova va Xalqaro tennis federatsiyasi ekspertlari ishtirok etishdi.

Anjuman davomida ommaviy axborot vositalari xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblarni olishdi. Maʼlum qilinganidek, bo‘lajak uchrashuvda tajribali tennischimiz Denis Istomin qatnashmaydi.

 Qurʼa natijasiga ko‘ra, 3 fevral kuni  Sergey Fomin – Makkenzi Makdonald va Humoyun Sultonov – Tommi Paul kortda kuch sinashadilar. 4 fevral kuni esa dastlab  Sanjar Fayziyev/  Sergey Fomin – Ostin Kraychek / Rajiv Ram o‘rtasida juftlik basʼhlari o‘tkaziladi. Shundan keyin, Sergey Fomin – Tommi Paulga qarshi kortga chiqsa,  Humoyun Sultonov Makkenzi Makdonald bilan kuch sinashadi.

Mavzuga oid

Denis Istomin AQShdagi turnir finaligach...

Tennis bo‘yicha yurtimizning birinchi raqamli raketkachisi Denis Istomin ayni paytda AQShd...

O‘zbek kurashi bo‘yicha kattalar o‘rtasi...

O‘zbek kurashi bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi XI Osiyo chempionati joriy yilning 17-21 mart...

O‘FA 2022 yilgi U23 Osiyo chempionatini ...

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) Osiyo futbol konfederatsiyasiga 2022 yilgi 23 y...

So`nggi yangiliklar