Uz / Ўз Ru En

Toshkent

12/Oktabr/2021   Media

«The Korea Herald» gazetasi O‘zbekistondagi muhim tadbirlarni o‘z sahifalarida keng yoritadi


SEUL, 12-oktabr /"Dunyo" AA/. O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchisi Vitaliy Fen O‘zbekiston Prezidenti saylovi jarayonini xorijda keng yoritishga yo‘naltirilgan faoliyat doirasida «The Korea Herald» gazetasi prezidenti Choy Jin Yong bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Muloqot chog‘ida o‘zaro hamkorlikni faollashtirishga, joriy yili yurtimizda bo‘lib o‘tadigan muhim tadbirlarni, shu jumladan, Prezident saylovini o‘tkazish jarayoni bilan bog‘liq matbuot xabarlarini ushbu nufuzli gazetaning sahifalarida yoritib borishga kelishib olindi. 

Choy Jin Yongning ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda O‘zbekiston o‘zining mintaqadagi hamda xalqaro miqyosdagi o‘rnini tobora mustahkamlamoqda. 

- Mamlakatingizda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarning asosiy mohiyati “inson manfaatlari hamma narsadan ustun”, degan tamoyil bilan izohlanadi. Eng e’tiborli tomoni, Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlarning ilm o‘rganishi, xorijiy tillarni mukammal egallashi, buning uchun zarur sharoitlarni yaratishga nihoyatda jiddiy masala sifatida qaramoqda. Darhaqiqat, dunyo shitob bilan o‘zgarayotgan, barqarorlikka yangidan-yangi xavf-xatar hamda tahdidlar paydo bo‘layotgan hozirgi sharoitda ilm-ma’rifat masalasi o‘z dolzarbligini namoyon etmoqda. Aynan ana shu yo‘nalish xalqlar farovonligining kaliti bo‘lib, u insoniyatni tinchlik, ezgulik va bag‘rikenglikka yetaklaydi, - dedi Choy Jin Yong.

Muloqot chog‘ida istiqbolda samarali aloqalarni rivojlantirish maqsadida «The Korea Herald» gazetasi bilan elchixona o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi.

Janubiy Koreya gazetasi rahbariga O‘zbekistonning ichki hamda tashqi siyosati mazmun-mohiyatini o‘zida aks ettiruvchi turkum maqolalarni ko‘p sonli o‘quvchilar e’tiboriga havola qilishda ko‘rsatayotgan amaliy yordami uchun minnatdorlik bildirildi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonning penitensiar xizmati soha...

Latviyaning nufuzli «Diena» nashri elektron portalida «O‘zbekistonning penitensiar xizmat...

Misr ommaviy axborot vositalarida O‘zbek...

Misrning yetakchi gazetlaridan biri - «Al-Xabar al-youm»da O‘zbekiston Prezidenti tomoni...

Germaniyadan munosabat: O‘zbekiston bizn...

Germaniya savdo va investitsiyalar bo‘yicha federal agentligi veb-saytida Markaziy Osiyo b...

So`nggi yangiliklar