Uz / Ўз Ru En

Toshkent

19/Oktabr/2021   Media

«The Korea Post»: Toshkentda Janubiy Koreya - O‘zbekiston biznes assotsiatsiyasi ofisi foydalanishga topshiriladi


 SEUL, 19 oktyabr /“Dunyo” AA/. Janubiy Koreyaning yetakchi nashrlaridan biri - «The Korea Post» jurnali rasmiy veb-sahifasida Janubiy Koreya - O‘zbekiston biznes assotsiatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Kim Chang Keonning O‘zbekiston bilan hamkorlikka bag‘ishlangan intervyusi eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Materialda qayd etilishicha, O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga hissa qo‘shish maqsadida 2018 yilning noyabr oyida Janubiy Koreya-O‘zbekiston biznes assotsiatsiyasi tashkil etilgandi.

«Bunga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, tashqi va ichki siyosatdagi ochiqlik va o‘zaro manfaatdorlik, iqtisodiyotni liberallashtirish borasida qilingan ishlar turtki bo‘ldi», - deydi Kim Chang Keon o‘z intervyusida.

Bugungi kunda Assotsiatsiya «Biznes imkoniyatlari uchun ustuvor tanlov taqdim etish», «Mahalliy tarmoqlarni shakillantirish» loyihalari orqali O‘zbekiston bozoriga kirishga qiziqish bildirayotgan Janubiy koreyalik kompaniyalar uchun o‘ziga xos ko‘prik vazifasini bajarmoqda.

«Ayni paytda Janubiy Koreya - O‘zbekiston biznes assotsiatsiyasi Janubiy Koreyaning qurilish va injiniring kompaniyalari bilan hamkorlikda Qo‘qon shahrida zamonaviy turar-joy majmuasi - «Qo‘qon siti»ni qurish konsepsiyasini ishlab chiqdi. Rejaga muvofiq, ushbu shaharda zamonaviy ko‘p qavatli uylar barpo etiladi», - deydi  Kim Chang Keon.

Qo‘qon shahrini 2020-2024 yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi asosida quriladigan ko‘p qavatli uylar mavzesi O‘zbekiston Prezidenti tomonidan aholining ijtimoiy hayotini, uy-joy sharoitini yaxshilashga qaratilgan keng qamrovli ilohotlarning amaldagi ifodasidir.

«Kim Chang Keonning maʼlum qilishicha, 2022 yilda Toshkent shahrida Janubiy Koreya - O‘zbekiston biznes assotsiatsiyasining Premium klass darajasidagi ofisi qurilib, foydalanishga topshiriladi. Ushbu yangi biznes markazi yaqin istiqbolda mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlik aloqalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi», - deyiladi suhbatda.

Mavzuga oid

Vatan himoyachilari kuni Janubiy Koreya ...

Mamlakatimiz hayotidagi muhim voqea — O‘zbekiston Qurolli kuchlari tashkil etilganligining...

«Daily Outlook Afghanistan»: O‘zbekiston...

Afg‘onistonda ingliz tilida chop etiladigan ommabop gazetalaridan biri - «Daily Outlook Af...

O‘zbekiston Prezidenti tomonidan mintaqa...

Singapurning «Markaziy va Janubi-Sharqiy Osiyo biznes palatasining (CASEA) veb-saytida i...

So`nggi yangiliklar