Uz / Ўз Ru En

Toshkent

03/Mart/2021   Media

«The Korea Times»: O‘zbekiston inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro reytinglarda yuqoriga ko‘tarilmoqda


SEUL, 3-mart. /“Dunyo” AA/. Janubiy Koreyada chop etiladigan nufuzli nashrlardan biri – «The Korea Times» gazetasining veb-sahifasida Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi (IHK)ning 46-sessiyasidagi nutqi,  O‘zbekiston rahbari tomonidan inson huquqlarini himoya qilish sohasida ilgari surilgan tashabbuslarning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan maqola chop etildi, deb habar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Gazeta muxbiri Yu Van Vuning yozishicha, O‘zbekistonda demokratik yangilanishlarni chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari hamda Inson huquqlari bo‘yicha kengash doirasidagi ishlarning asosiy vazifalari Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan aniq bayon etildi.

Muallif O‘zbekiston ilk bor IHK aʼzosi etib saylanganini taʼkidlagan. Mamlakat inson huquqlari bo‘yicha 80 dan ortiq xalqaro hujjat, shu jumladan, BMTning 6 ta asosiy shartnomasi va 4 ta fakultativ protokoliga qo‘shilgani maʼlum qilingan.

Inson huquqlari sohasini yana-da rivojlantirish maqsadida 2020 yilda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi tasdiqlangan.

«O‘zbekistonning inson huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnomalar normalarini bajarish yuzasidan masʼul davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

- xalqaro tashkilotlarning inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha tavsiyalarini amalga oshirishga qaratilgan milliy harakat rejalarining bajarilishini taʼminlash;

- qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali BMTning inson huquqlari bo‘yicha ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalarining tavsiyalarini bajarishga to‘sqinlik qilayotgan sabab va sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish hamda bartaraf etish;

- O‘zbekistonning inson huquqlari bo‘yicha xalqaro majburiyatlarini bajarish sohasida O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Jamoatchilik palatasi va fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorlikni amalga oshirish»,  deb yozadi «The Korea Times».

Bundan tashqari, nashrda O‘zbekistonning inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro reytinglar va indekslar bo‘yicha dunyodagi 50 ta yetakchi mamlakat qatoriga kirishini taʼminlash ustuvor vazifalardan biri etib ko‘rsatilgani qayd etilgan.

«Joriy yilda O‘zbekistonda Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollarining muloqoti va xotin-qizlarning mintaqaviy biznes-forumini o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Mamlakat BMT shafeligida Yoshlar huquqlari bo‘yicha butunjahon konferensiyasini o‘tkazish, BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashining o‘ninchi forumida Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya loyihasini taqdim etish, shuningdek, Yoshlar huquqlari bo‘yicha maxsus maʼruzachi institutini taʼsis etish masalasini kiritishga tayyorgarlik ko‘rmoqda», deb yozadi Yu Van Vu.

Mavzuga oid

O‘zbekiston – Hindiston sammiti yakunlar...

Mamlakatimiz hayotida ro‘y berayotgan muhim voqea va o‘zgarishlar Xitoyning ympmk ommaviy ...

Eron matbuoti O‘zbekiston va Eron tashqi...

Joriy yil 7-9 mart kunlari Tehron shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Eron tashqi ishlar...

Buyuk Britaniyaning «The Telegraph» nash...

Buyuk Britaniyaning yetakchi gazetalaridan biri - «The Telegraph»da «O‘zbekistonda fuqarol...

So`nggi yangiliklar