Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/Noyabr/2022   TIV yangiliklari

TIV hayʼati yig‘ilishida O‘zbekiston tashqi siyosatining dolzarb masalalari yuzasidan tegishli bo‘linmalar va xorijdagi diplomatiya vakolatxonalari rahbarlarining maʼruzalari tinglandi

TOSHKENT, 28-noyabr. /“Dunyo” AA/. Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov raisligida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi hayʼatining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.


TIV maʼlumotiga ko‘ra, tadbirda vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari, TIV bo‘linmalari hamda vazirlik tasarrufidagi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.  Videokonferensaloqa orqali o‘tgan mazkur yig‘ilishda O‘zbekistonning xorijdagi diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalari rahbarlari ham qatnashdilar.

Tashqi siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan tegishli bo‘linmalar va O‘zbekistonning xorijdagi diplomatiya vakolatxonalari rahbarlarining maʼruzalari tinglandi. Tashqi ishlar vazirligi zimmasiga yuklangan vazifalar ijrosi tanqidiy tahlil qilindi. Vazirlik faoliyati samaradorligini oshirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolar o‘rganildi.

Iqtisodiy diplomatiyani rivojlantirishning asosiy omili bo‘lgan hukumatlararo komissiyalar natijadorligini oshirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Ayrim davlatlar bilan ushbu institut faoliyatini takomillashtirish, bu boradagi aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi.

Tashqi ishlar vazirliklariaro siyosiy maslahatlashuvlar samaradorligini oshirish bo‘yicha vazifalar alohida ko‘rib chiqildi. Ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni faollashtirish bo‘yicha saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirish maqsadida xorijiy hamkorlar bilan muntazam ravishda maʼlum mavzularga doir maslahatlashuvlar o‘tkazish muhimligi taʼkidlandi.

Kun tartibidan Tashqi ishlar vazirligining xorijiy davlatlar, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar bilan parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha faoliyatiga oid masala ham o‘rin oldi.

O‘zbekiston Respublikasi parlament diplomatiyasi konsepsiyasi bandlarini amalga oshirishda Oliy Majlisga ko‘maklashish borasida Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi diplomatiya vakolatxonalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri va Poki...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bugun Pokiston elchisi Said Ali Asad G‘...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbo...

Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov Hindistondan kelgan xalq...

Vazir Abdulaziz Komilov: Eng muhim vazif...

Kecha “Yangi O‘zbekiston tashqi siyosati: surʼati, yutuqlari va istiqbollari” mavzusida O‘...

So`nggi yangiliklar