Uz / Ўз Ru En

Toshkent

22/Aprel/2022   TIV yangiliklari

TIV: O‘zbekiston muqaddas Ramazon oyi kunlarida Afg‘onistonning qator shaharlarida sodir etilgan terrorchilik harakatlarini qat’iy qoralaydi

TOSHKЕNT, 22-aprel. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi so‘nggi kunlarda Afg‘onistonda sodir etilgan terrorchilik harakatlari yuzasidan  bayonot  berdi, deb xabar qilmoqda «Dunyo» AA muxbiri.


TIV ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston muqaddas Ramazon oyi kunlarida Kobul, Mozori Sharif va Qunduz shaharlarida sodir etilgan terrorchilik harakatlarini qat’iy qoralaydi.

«Tinch aholi orasida ko‘plab qurbonlarga sabab bo‘lgan zo‘ravonlik harakatlari Afg‘onistonda barqaror tinchlik va milliy totuvlik o‘rnatilishiga to‘sqinlik qiladi.

O‘zbekiston tomoni halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi, shuningdek, jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaydi», deyiladi bayonotda.

Mavzuga oid

O‘zbekiston delegatsiyasi Londonda o‘tka...

O‘zbekiston adliya vaziri Ruslanbek Davletov boshchiligidagi delegatsiya Londonda bo‘lib o...

O‘zbekiston TIV rahbari o‘rinbosari va H...

Kecha O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev Hindisto...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Myunxen...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekiston Prezidenti saylovida kuzatu...

So`nggi yangiliklar