Uz / Ўз Ru En

Toshkent

22/Oktabr/2021   TIV yangiliklari

TIV rahbarining birinchi o‘rinbosari MDH PA xalqaro kuzatuvchilari bilan uchrashdi

 TOSHKENT, 22 oktyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev O‘zbekiston Prezidenti saylovini kuzatish uchun Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Parlamentlararo Assambleyasi (MDH PA) tomonidan yuborilgan xalqaro kuzatuvchilari guruhi bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.


TIV maʼlumotiga MDH PAga aʼzo davlatlar parlamentlari aʼzolari va tashkilotning masʼul xodimlaridan (jami 22 kishi) iborat delegatsiya koordinatori Tojikiston parlamenti quyi palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Mahmadali Vatanzoda hisoblanadi.

Uchrashuvda qayd etilganidek, saylov jarayonlarida MDH PA kuzatuvchilari nufuzli guruhining ishtiroki MDH doirasidagi hamkorlarning O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va o‘zgarishlarga qiziqishi katta ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.

Delegatlar O‘zbekistonda saylov qonunchiligini takomillashtirish, fuqarolarning siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, parlament, partiyalarning roli va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlarga yuksak baho berdi.

MDH PA vakillari chet eldagi O‘zbekiston fuqarolarining saylovlarda keng qamrovli ishtirokini taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan choralarini olqishladi.

Shuningdek, MDH PA doirasidagi parlamentlararo o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalari va bo‘lajak tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.

 

 

Mavzuga oid

Toshkentda Tashqi ishlar vaziri kubogi u...

Bugun Toshkentda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri kubogi uchun mini-futbol bo‘yicha turnir...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri va Buyu...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bugun Buyuk Britaniyaning Janubiy Osiyo...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri “Dunyo”...

Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov vazirlik hayʼatining kengaytirilg...

So`nggi yangiliklar