Uz / Ўз Ru En

Toshkent

08/Fevral/2023   TIV yangiliklari

TIVda Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda YEIning Markaziy Osiyo bo‘yicha strategiyasi doirasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish muhimligi taʼkidlandi

TOSHKENT, 8-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov kecha Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbari, elchi Sharlotta Adrian bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Muloqot chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalari, jumladan, o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash va barqaror rivojlanishga qaratilgan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama tadbirlarni o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar o‘zaro hamkorlik qiluvchi organlarning imkoniyatlaridan samarali foydalanish, jumladan, 2023 yilda ularning muntazam uchrashuvlarini tashkil etish zarurligini qayd etdilar.

Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha strategiyasi doirasida raqamlashtirish, “yashil” iqtisodiyot, energetika, atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi kabi sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish muhimligi taʼkidlandi.

Shuningdek, turli darajadagi bo‘lajak tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘...

Rim shahrida tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari...

Markaziy Osiyo mamlakatlari TIV rahbarla...

Bugun Dushanbe shahrida BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaq...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Tokioda...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov kecha Tokio shahrida Yaponiya taʼlim, mada...

So`nggi yangiliklar