Uz / Ўз Ru En

Toshkent

14/May/2021   Markaziy Osiyo

Tojikiston hukumat delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi


TOSHKENT, 14 may. /"Dunyo" AA/. Bugun O‘zbekistonga Tojikiston Bosh vaziri Kohir Rasulzoda boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Dunyo" AA avval xabar qilganidek, Tojikiston delegatsiyasi 15 may kuni O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 8-yig‘ilishida ishtirok etadi.

Tashrif dasturidan Toshkent shahridagi qator sanoat ob’ektlari faoliyati bilan yaqindan tanishish ham o‘rin olgan.

O‘zbekiston Bosh vaziri Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha qator hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Mavzuga oid

O‘zbekiston-Tojikiston: qardosh xalqlar ...

Markaziy Osiyo xalqaro instituti (MOXI) bosh ilmiy xodimi Ares Bayazitov «Dunyo» AA muxbir...

Qirg‘iziston Iroqdan 79 nafar bolani o‘z...

«Meerim» («Mehr-shafqat») gumanitar missiyasi doirasida bugun Qirg‘izistonning 79 nafar f...

O‘zbekiston tahliliy markazlari delegats...

Markaziy Osiyo xalqaro instituti (MOXI) direktori Anvar Nosirov boshchiligidagi O‘zbekisto...

So`nggi yangiliklar