Uz / Ўз Ru En

Toshkent

19/Oktabr/2021   Dolzarb

Tojikistonda o‘tkazilgan anjumanda o‘zbek tilining xalqaro nufuzini oshirish bo‘yicha qilinayotgan saʼy-harakatlar eʼtirof etildi


 DUSHANBE, 19 oktyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi tomonidan So‘g‘d viloyati O‘zbeklar maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan  hamkorlikda  21 oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlangan adabiy-badiiy tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Anjumanda  Xo‘jand davlat universiteti, So‘g‘d viloyati o‘qituvchilar malakasini oshirish instituti professor-o‘qituvchilari, viloyat O‘zbeklar maʼnaviyat va maʼrifat markazi, viloyat yozuvchilar ittifoqi o‘zbek tili bo‘limi rahbarlari, Konibodom tumanidagi 33-o‘rta umum-taʼlim maktabi o‘qituvchilari, shoir va  tilshunoslar, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda vatandoshlar ishtirok etdi.

Adabiy kechani viloyat O‘zbeklar maʼnaviyat va maʼrifat markazi  raisi I.Yusupov ochib berdi.

“Sharqnoma” jurnali bosh muharriri X.Zokirov tojik va o‘zbek xalqlarining azaliy do‘stligi, birodarligi haqida to‘xtalib, Tojikistonda o‘zbek tili nufuzini oshirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar va respublikadagi o‘zbek maktablarida o‘zbek tilini o‘qitish metodikasi haqida to‘xtalib o‘tdi.

So‘g‘d viloyati yozuvchilar ittifoqi o‘zbek tili bo‘lim boshlig‘i S.Olimovaning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston rahbariyati tomonidan o‘zbek tilining boyligi oshirish, uning o‘zbek millatining hayotida tutgan o‘rnini mustahkamlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni eʼtirof etdi.

Shuningdek, sakson mingdan ziyod so‘z va so‘z birikmalarini, fan, texnika, sanoat, madaniyat va boshqa sohalarga oid atamalarni o‘z ichiga olgan besh jildlik «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»ning nashr etilishi o‘zbek tilini o‘rganuvchi va tadqiqotchilar uchun ajoyib sovg‘a bo‘lgani taʼkidlandi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan o‘qilgan  o‘zbek tilidagi sheʼrlar uchrashuvga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga Alisher Navoiy va boshqa  o‘zbek mumtoz shoirlarining kitoblari, O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati haqidagi adabiyotlar sovg‘a qilindi.

Mavzuga oid

Rimdagi Jon Kebot universitetida O‘zbeki...

Rimdagi Jon Kebot universitetida O‘zbekistonning zamonaviy taraqqiyotiga bag‘ishlangan taq...

O‘zbekiston elchixonasi Ukraina orqali Y...

O‘zbekistonning xalqaro havo qatnovlari faollashib borayotgani bois xorijiy davlatlarga, j...

Koreya Respublikasidan munosabat: Biz MD...

Janubiy Koreya ishbilarmon doiralari vakillari O‘zbekiston bilan hamkorlikka nafaqat mamla...

So`nggi yangiliklar