Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Iyun/2022   Konstitutsiyaviy islohotlar

Tojikistondan munosabat: Dunyo o‘zbeklari o‘zlarining tarixiy Vatani – Yangi O‘zbekiston kelajagiga befarq emaslar

DUSHANBE, 24 iyun. /“Dunyo” AA/. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan uchrashuvini Sug‘d viloyati o‘zbeklar jamiyati faollari ham OAV orqali katta qiziqish bilan kuzatdi”, deydi Sug‘d viloyati o‘zbeklar jamiyati raisi Farhod Jo‘rayev.


– Zero bu uchrashuv yangi barpo etilayotgan jamiyatdagi o‘zgarishlargina emas, balki kelajakda qo‘shni respublikalar bilan ham hamkorlik va yaxshi qo‘shnichilik aloqalariga ham bevosita bog‘liqdir, -deb davom etdi u. - O‘zbekiston Prezidenti qayd etganidek, “Albatta, o‘tgan qisqa davrda jamiyatimizning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maʼrifiy qiyofasi tubdan o‘zgardi. Olti yil oldingi xalqimiz bilan bugungi yurtdoshlarimizning dunyoqarashi o‘rtasida katta farq bor”.

Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida yuritilayotgan yaxshi qo‘shnichilik va pragmatik mintaqaviy siyosat sharofati bilan so‘nggi yillar davomida xalqlarimiz o‘rtasidagi aloqalar va tushunchalar o‘zgardi. Xalqlarimiz o‘zaro mehr-oqibat ko‘rsatmoqda. Fikrimning tasdig‘i sifatida, hozirgi paytda bir kunda 20 mingdan ortiq kishi chegaradan o‘tib, o‘z qondosh-urug‘lari holidan xabar olayotganini keltirishim mumkin.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga murojaat qilib, “Aziz yurtdoshlar, bugun notinch dunyoda, o‘ta tahlikali zamonda yashayapmiz. Mamlakatimiz taraqqiyotida g‘oyat masʼuliyatli davrni boshdan kechirmoqdamiz.  Yangi O‘zbekistonni barpo etish maqsadida boshlagan barcha islohotlarimiz har birimizning bugun va kelajakda farovon hayot kechirishimizni taʼminlashga qaratilgan”, deb alohida taʼkidladi.

Xaqiqatan ham bugungi kunda Markaziy Osiyo davlatlari birlashishi, jipslashi va dunyoda bo‘layotgan hodisa voqealarga birdamlikda javob berishi davr talabidir. Ana shu nuqtai nazardan bugungi kunda O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlari yangicha tus olmoqda.

O‘zbekiston va Tojikiston yakdillik bilan umumiy farovonlik va taraqqiyotga erishish maqsadida mintaqa doirasida birgalikda harakat qilish niyatini namoyish etmoqda.

So‘zim nihoyasida Tojikistondagi o‘zbeklar jamiyatning yetakchisi sifatida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan uchrashuvi nafaqat o‘zbekistonliklar, balki butun dunyo o‘zbeklari uchun muhim ahamiyatga egaligini taʼkidlayman. Zero dunyo o‘zbeklari o‘zlarining tarixiy Vatani – Yangi O‘zbekiston kelajagiga befarq emaslar. Chunki O‘zbekiston Prezidenti chet eldagi vatandoshlarimiz va fuqorolarimiz bilan doimiy aloqa o‘rnatish zarurligini alohida urg‘uladi.

Mavzuga oid

Tojikistondan munosabat: Har qanday Kons...

Tojikiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi direktori, shoir Aliakbar Abdulloye...

Qirg‘izistondan munosabat: O‘zbekiston P...

Qirg‘iziston xalq shoiri, “Ala-Too” adabiy-badiiy jurnalining bosh muharriri Markabay Aama...

Erondagi vatandosh: Asosiy qonunimizga k...

Eronning «Jamotaul mustafo» xalqaro universitetida tahsil olayotgan yurtdoshimiz Shahram T...

So`nggi yangiliklar