Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/Oktabr/2022   Dolzarb

Tojikistondan munosabat: O‘zbekiston – Vengriya munosabatlarini kengaytirish va mustahkamlashdan har ikki davlat uchun birdek manfaatdorlik ko‘radi

DUSHANBE, 6-oktabr. /“Dunyo” AA/. Tojikiston Milliy Fanlar akademiyasining Osiyo va Yevropa mamlakatlari instituti ilmiy xodimi Viktor Kim “Dunyo” axborot agentligiga bergan intervyusida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 3-4 oktyabr kunlari Vengriyaga buyurgan rasmiy tashrifi yakunlari yuzasidan quyidagi fikr-mulohazalarini bayon etdi:


- Ushbu tashrif 2021 yilda O‘zbekiston-Vengriya munosabatlari strategik sheriklik darajasiga olib chiqilganidan keyin ikki mamlakat rahbarlari o‘rtasida qaror topgan do‘stona va ishonchli munosabatlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.

Savdo-iqtisodiy va investitsiya hamkorligi ko‘lamlarini kengaytirish va tovar ayirboshlashni deyarli uch barobarga oshirish fonida O‘zbekiston-Vengriya munosabatlarida muhim o‘rin tutadigan taʼlim sohasidagi hamkorlik ham eʼtiborni tortadi. Vengriya hukumati “Xungarikum” dasturi orqali O‘zbekiston talabalari va doktorantlari uchun har yili ajratiladigan kvotalarni 170 stipendiyagacha oshirishga qaror qilgani eʼtiborga sazovordir. Shuningdek, oliy o‘quv yurtlari rektorlarining ikkinchi O‘zbekiston-Vengriya forumini o‘tkazish maqsadga muvofiqligi ham qayd etildi.

O‘zbekiston-Vengriya munosabatlarida gumanitar va iqtisodiy sohalardagi hamkorlik jadal rivojlanmoqda. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va Vengriyaning eng yirik tovuq go‘shti ishlab chiqaruvchi «Master Good Kft.» kompaniyasi rahbari Lazlo Barani o‘rtasidagi muzokaralar natijasida O‘zbekistonda parrandachilik korxonasini tashkil etish bo‘yicha qo‘shma loyiha bo‘yicha kelishuvga erishilgani barobarida kompaniya tizimlarida 6 nafar o‘zbekistonlik talabalarning kasbiy amaliyotni o‘tash imkoniyati atroflicha muhokama qilindi.

Qayd etish joizki, Vengriya - Yevropada eng jadal rivojlanayotgan iqtisodiyotga ega mamlakatlardan biri. U qishloq xo‘jaligi , sanoat, savdo, turizm, moliya va axborot texnologiyalari sohalarida ulkan salohiyatga ega.

Dunyoda yuz berayotgan so‘nggi voqealar sharoitida O‘zbekiston – Vengriya munosabatlarini kengaytirish va mustahkamlashdan har ikki davlat birdek manfaat ko‘radi.

Mavzuga oid

Farg‘ona shahrida Milliy sanoat xoldingi...

Farg‘ona shahrida 29 yanvar kuni Milliy sanoat xoldingi (MSX)ning Farg‘ona viloyatidagi bi...

Andijonda qo‘shimcha 789 loyiha doirasid...

Andijon shahrida o‘tayotgan yig‘ilishda viloyatda yangi korxonalar tashkil etish va ish o‘...

Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Fur...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Bosh vaziri Imron Xon o‘rtasida bugu...

So`nggi yangiliklar