Uz / Ўз Ru En

Toshkent

19/Avgust/2022   Dolzarb

Tojikistondan munosabat: Saudiya Arabistoniga davlat tashrif chog‘ida imzolangan bitimlarning hayotga tadbiq etilishi Yangi O‘zbekiston rivojlanish strategiyasining maqsad va vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladi

DUSHANBE, 19 avgust. /“Dunyo” AA/. Geosiyosiy tadqiqotlar markazi direktori, Rossiya-Tojikiston (Slavyan) universitetining Tashqi mintaqaviy tadqiqotlar va tashqi siyosat kafedrasi professori, tarix fanlari doktori Go‘zal Maitdinova O‘zbekiston Prezidentining Saudiya Arabistoniga davlat tashrifi yakunlarini “Dunyo” axborot agentligiga quyidagicha sharhladi:


- O‘zbekiston Prezidentining Saudiya Arabistoniga davlat tashrifi dasturi Madina shahrida Masjidun Nabaviyni ziyorat qilish bilan boshlandi. 17 avgust kuni Jidda shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev va Saudiya Arabistoni Valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud  muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zbekiston Prezidenti Saudiyada “Nigoh - 2030” Davlat dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani yuksak baholanar ekan, mamlakatimizda jamiyat hayotining barcha sohalarini transformatsiya qilishga qaratilgan Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasining maqsad va vazifalari ushbu dasturga hamohang ekanligini taʼkidladi.

O‘zbekiston Prezidenti Saudiya Arabistonining Shanxay hamkorlik tashkilotida muloqot sherigi maqomini olishini, shuningdek, Saudiya Arabistoni poytaxti Ar - Riyodning “Yexro-2030” Butunjahon ko‘rgazmasiga nomzodini qo‘llab-quvvatladi.

Oliy darajadagi muloqot chog‘ida xavfsizlik sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, Afg‘onistonda tinchlikni mustahkamlash va ushbu mamlakat iqtisodiyotini tiklash uchun hamkorlik qilish zarurligi taʼkidlandi. Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston Prezidenti Saudiya Arabistonining yetakchi kompaniyalarini O‘zbekiston tijorat banklari, yirik sanoat va infratuzilma obyektlarini xususiylashtirishda ishtirok etishga taklif qildi. Sammit chog‘ida davlat rahbarlari hukumatlararo komissiya va ishbilarmonlar Kengashining samarali faoliyatini qayd etishar ekan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yana-da chuqurlashtirish, yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, o‘zaro savdo hajmini oshirishga alohida eʼtibor qaratdilar. Uchrashuvda har ikki davlat rahbarlari madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash muhimligini taʼkidladilar. O‘zbekiston rahbari hozirgi paytda o‘n mingdan ziyod o‘zbekistonlik talaba arab tilini o‘rganayotganini maʼlum qildi.

Qayd etish kerakki, so‘nggi bir necha yil ichida Saudiya kapitali ishtirokidagi O‘zbekiston kompaniyalarining soni 9 tadan 38 taga ko‘paydi. O‘zbekiston Prezidentining davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni ishbilarmonlar Kengashining 4-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Prezidentining Saudiya Arabistoni Podshohligiga birinchi davlat tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik istiqboldagi ikki tomonlama va ko‘p tomonlama munosabatlarni chuqurlashtirish va kengaytirishga yangi surʼat bag‘ishlaydi, Markaziy va G‘arbiy Osiyoning o‘zaro bog‘liqligini mustahkamlashga xizmat qiladi. Tashrif yakunlari, imzolangan xalqaro-huquqiy hujjatlarning hayotga tatbiq etilishi esa Yangi O‘zbekistonning rivojlanish strategiyasining maqsad va vazifalarini amalga oshirishga hamda XXI asrda mintaqalararo o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash ishiga xizmat qiladi.

 

 

Mavzuga oid

Qozog‘istonda O‘zbek tili bayrami kuni ...

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan “O‘zbek tili bayrami”...

Pokistondan munosabat: Jahon hamjamiyat...

Pokistonning O‘zbekistondagi sobiq elchisi (2013-2018 yy.) Riyoz Buxoriy BMT Bosh Assambl...

Ertaga O‘zbekiston va Hindiston tahlil ...

Ertaga O‘zbekiston-Hindiston tahlil markazlarining uchinchi forumi onlayn shaklda bo‘li...

So`nggi yangiliklar