Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/Iyul/2021   Sport

«Tokio-2020»: Dzyudochi Davlat Bobonov - Olimpiya o‘yinlari sovrindori


TOKIO, 28 iyul. /«Dunyo» AA/. Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Davlat Bobonov Tokioda davom etayotgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida bronza medalini qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri Anvar Ilyosov.
- 90 kg vazn toifasida kurashgan sportchi bronza medali uchun bahsda  Turkiya vakili Mixael Zgankka qarshi tatamiga chiqdi. Davlat Bobonov tomonidan raqibiga qarshi qo‘llangan usul vazari/ippon bilan baholandi. Shu tariqa, u turkiyalik dzyudochini yengdi va Olimpiya o‘yinlari sovrindorlari qatoridan o‘rin oldi.
Ushbu medal O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan «Tokio-2020» Olimpiya o‘yinlarida kiritilgan ikkinchi, dzyudo bellashuvlaridagi ilk medal bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, bunga qadar taekvondo bo‘yicha terma jamoamiz a’zosi Ulug‘bek Rashitov oltin medalga sazovor bo‘lgan edi.

Mavzuga oid

Fotoreportaj:Toshkentda o‘tkazilayotgan ...

Toshkentdagi Gimnastikaga ixtisoslashtirilgan Olimpiya zaxiralari bolalar-o‘smirlar sport...

“Tokio-2020” Olimpiya mash’alasining est...

“Tokio-2020” Olimpiya mash’alasining estafetasi 2021 yil 25 mart kuni Fukusima prefekturas...

Janubiy Koreya elchisi O‘zbekiston davla...

Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi elchisi Kan Je Kvon O‘zbekiston davlat jismoniy t...

So`nggi yangiliklar