Uz / Ўз Ru En

Toshkent

18/Mart/2020   Sport

Tokio Olimpiadasi belgilangan vaqtda o‘tkaziladi

TOShKENT, 18 mart. /«Dunyo» AA/. Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) Tokio-2020 Olimpiadasini ko‘chirish yoki bekor qilish haqida o‘ylamayapti, deb xabar bermoqda «Dunyo»AA muxbiri O‘zbekiston Olimpiya qo‘mitasi manbasiga tayanib.


Aksincha, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi sportchilarni Olimpiadaga tayyorgarlikni reja asosida davom ettirishga, uni to‘xtatmaslikka chaqirdi. Bu haqdagi bayonot qo‘mitaning rasmiy saytida e’lon qilindi.

«Butun dunyoda koronavirus sabab murakkab vaziyat yuzaga kelgan. Pandemiyaga qarshi hamma kurashyapti. Bu vabo sportchilarning Olimpiadaga olib borayotgan tayyorgarligiga salbiy ta’sir o‘tkazmoqda. Vaziyat kundan-kunga o‘zgaryapti. Lekin Xalqaro olimpiya qo‘mitasi Tokio Olimpiadasini o‘z vaqtida o‘tkazish fikrini qo‘llab-quvvatlaydi. Musobaqa startiga qadar to‘rt oy vaqt qoldi va kordinal o‘zgarishlarni amalga oshirish istagidan yiroqmiz. Biz barcha sportchilarni tayyorgarlikni davom ettirishga chaqiramiz», - deyiladi XOQ rasmiy bayonotida.
 

Mavzuga oid

O‘zbekistonlik polvon Qozonda belbog‘li ...

Tatariston poytaxti Qozonda belbog‘li kurash bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida XVIII ...

Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlari mash...

Bugun Yaponiyada Tokio-2020 yozgi XXXII Olimpiya o‘yinlari mash’alasi estafetasiga start b...

O‘zbekiston zamonaviy beshkurashchilari ...

O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi raisi Bahromjon G‘oziyev va Yaponiyaning Xi...

So`nggi yangiliklar