Uz / Ўз Ru En

Toshkent

20/Yanvar/2021   Madaniyat

Tokioda yaponiyalik fotosuratchining O‘zbekiston haqidagi fotoko‘rgazmasi ochildi


TOKIO, 20-yanvar. /“Dunyo” AA/. Tokioning Suginami tumanidagi ommaviy sport majmuasida yaponiyalik professional fotosuratchi Jin Akinoning O‘zbekistonga bag‘ishlangan fotoko‘rgazmasi ochildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mamlakatimizning Yaponiyadagi elchixonasi maʼlumotiga ko‘ra, ekspozitsiyadan yapon fotomuxbirining O‘zbekiston aholisining kundalik hayoti va urf-odatlari, mamlakatimizning meʼmoriy yodgorliklari, diqqatga sazovor joylari, madaniy merosimizning boshqa namunalari aks ettirilgan 25 ta surati joy olgan.  

Fotoko‘rgazma joriy yil 28 dekabriga qadar davom etadi. Yaponiyalik professional fotosuratchi Jin Akino “Samarqandiana” ensiklopedik loyihasining aʼzosi hisoblanadi. O‘tgan yil noyabr oyida mamlakatimizning Tokiodagi diplomatik vakolatxonasi Suginami tumani hokimligi bilan birgalikda tashkil etgan O‘zbekiston madaniyati festivali doirasida uning «O‘zbek madaniyati zavqlari» nomli fotoko‘rgazmasi va mamlakatimiz sayyohlik salohiyatining taqdimoti bo‘lib o‘tgan edi. Bir yil oldin Jin Akinoning o‘zbek anʼanaviy meʼmorchiligiga bag‘ishlangan «Lahzada muhrlangan o‘zbek anʼanasi» fotoalbomi ham  nashr etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Suginami tumani Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasini qabul qiladi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonga tegishli tarixiy koshinlar...

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi mamlakatimizning Buyuk Britaniyadagi elchixon...

“O‘zbek tili xorijliklar uchun” o‘quv qo...

Xalqaro maydonda o‘zbek tilini o‘rganish va uning jozibadorligi to‘g‘risida keng targ‘ibot...

O‘zbekiston hamda Hindiston o‘rtasidagi ...

«O‘zbekkonsert» davlat muassasasi direktori v.v.b Anvar Tojiboyev Laʼl Bahodur Shastri no...

So`nggi yangiliklar