Uz / Ўз Ru En

Toshkent

16/Sentabr/2021   Iqtisodiy diplomatiya

Tokioda Yaponiyaning energiyani boshqarishdagi “aqlli” tizimlarini O‘zbekistonda joriy etish istiqbollari muhokama qilindi


TOKIO, 16-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov Yaponiya yangi energitika va sanoat texnologiyalarini rivojlantirish tashkiloti (NEDO) raisi Xiroaki Isizuko bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muzokaralar chog‘ida tomonlar O‘zbekiston-Yaponiya hamkorligini yana-da rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Xiroaki Isizuko elchini O‘zbekistonning Yaponiyadagi diplomatiya missiyasi rahbari etib tayinlangani bilan tabrikladi va ushbu lavozimdagi kelgusi ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi. U ikki mamlakatning barcha sohalardagi o‘zaro aloqalari yana-da chuqurlashishi va kengayishiga umid bildirdi.

Muzokaralar davomida NEDOning O‘zbekistondagi ish tajribasi qayd etildi. Xususan, ushbu tashkilot ishtirokida yuqori texnologiyaga asoslangan yapon uskunalarini o‘rnatish loyihasi amalga oshirildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar issiqlik va energiya taʼminoti tizimlarining o‘zaro samarali aloqasini taʼminlaydigan energiyani boshqarishning “aqlli” tizimlarini joriy etish bo‘yicha yangi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishdi.

Mavzuga oid

Savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston-Bri...

Bugun Toshkent vaqti bilan soat 14.00 da savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston-Britaniya ke...

Gujaratlik ishbilarmonlarning O‘zbekisto...

Maʼlumki, 2018 yil oktyabr oyida Hindistonning Gujarat shtati va respublikamizning Andijon...

Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonda yog‘ oli...

O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasida mamlakatimiz iqtisodiyotining turli jabhalarida, s...

So`nggi yangiliklar