Uz / Ўз Ru En

Toshkent

10/Aprel/2021   Siyosat

“Tolibon” harakatining Qatardagi siyosiy vakolatxonasi rahbari O‘zbekistonning Afg‘onistonda muhim iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi


TOSHKЕNT, 10-aprel. /“Dunyo” AA/. Dohaga amaliy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya bugun Qatardagi “Tolibon” harakati siyosiy vakolatxonasi rahbari mulla Barodar Axund bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuv davomida Afg‘onistonda barqaror va uzoq muddatli tinchlik o‘rnatish maqsadida tinch siyosiy jarayonni ilgari surish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Mulla Barodar Afg‘oniston muammolariga doimiy e’tibor qaratayotgani uchun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy minnatdorlik bildirdi. Bundan tashqari, “Tolibon” harakati rahbariyati vakili O‘zbekistonning Afg‘onistonda transport va energetika sohalarida muhim iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tashabbuslarini mamnuniyat bilan qo‘llab-quvvatladi.

U, ayniqsa, O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan yirik infratuzilma loyihalari nafaqat Afg‘onistonning iqtisodiy rivojlanishiga, balki mamlakatda to‘laqonli tinch siyosiy jarayonni boshlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qilishini ta’kidladi. Shu o‘rinda Afg‘oniston kelajakda Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasida “ishonch va hamkorlik ko‘prigi”ga aylanishi mumkinligi bildirildi.

Mavzuga oid

AQSH Davlat departamentining global ayol...

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev ...

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘r...

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Sherzod Asadov Turkiya...

O‘zbekiston Prezidenti: Qishloq xo‘jalig...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida bugun qishloq va suv xo‘jaligi sohasi...

So`nggi yangiliklar