25/Mart/2023 Vatandoshlarimiz
NOVOSIBIRSK, 25-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulligi xodimlari Tomsk shahridagi «Chet el fuqarolarini vaqtincha ushlab turish markazi» va ushbu hududdagi jazoni ijro etish muassasasi faoliyati bilan tanishdilar, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
O‘zbekistonlik diplomatlar «Chet el fuqarolarini vaqtincha ushlab turish markazi» rahbariyati bilan muloqot qildilar. Suhbat davomida markazda vaqtincha ushlab turilgan vatandoshlarimiz uchun yaratib berilgan shart-sharoitlar xususida fikr almashildi.
Bosh konsulxona xodimlari ushbu muassasada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari bilan alohida uchrashuv o‘tkazdilar.
Suhbat davomida fuqarolarimizning muammolari o‘rganildi, shuningdek, ularni qiziqtirgan barcha savollarga javob berildi.
Safar davomida diplomatlar, Tomsk shahridagi 3-sonli Jazoni ijro etish muassasasida jazo muddatini o‘tayotgan vatandoshlar holidan ham xabar oldilar.