Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/Mart/2021   Ilm-fan

Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali va Tabriz davlat universiteti o‘rtasida hamkorlik o‘rnatiladi


TEHRON, 5-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Toshkent davlat  agrar universitetining Nukus filiali  va Tabriz davlat universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga bag‘ishlangan videomuloqot tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Onlayn-muloqotda Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali direktori E.Toreniyazov va Tabriz davlat universiteti rektori M.Majidi, oliy bilim yurtlari professor va o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Tabriz davlat universiteti rektori ikki mamlakat tarixi, urf-odatlari, madaniyati va anʼanalari mushtarakligini taʼkidladi, taʼlim maskani tarixi, bugungi faoliyati va ilmiy-tadqiqot markazlari to‘g‘risida so‘zlab berdi. M.Majidi Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishdan manfaatdorligini  bildirdi.

Tadbirda Tabriz oliy o‘quv yurti faoliyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.

Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali direktori Elmurat Toreniyazov filial Tabriz davlat universiteti bilan har jabhada yaqin hamkorlik o‘rnatishdan manfaatdorligini taʼkidlab, professor-o‘qituvchilar va talabalarning akademik almashuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy-loyihalar va tadqiqotlar o‘tkazish bo‘yicha o‘zaro anglashuv Memorandumini imzolash taklifini bildirdi.

Onlayn-tadbir natijasida tomonlar bildirilgan taklif va tashabbuslarni hayotga tadbiq etish maqsadida anglashuv Memorandumi loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishdi.  

Mavzuga oid

Xitoyning “SuperMap International” kompa...

Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti onla...

O‘zbekiston Malayziyadagi ilmiy-tadqiqot...

O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasida ushbu mamlakatning Islomni tushunish instituti...

Surxondaryoda Imom Termiziy nomidagi o‘r...

Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 17-18 oktyabr kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi cho...

So`nggi yangiliklar