Uz / Ўз Ru En

Toshkent

25/Yanvar/2022   Mustaqillikka 30 yil

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzurida O‘zbekiston-Xitoy ilmiy-tadqiqot markazi ochildi

TOSHKЕNT, 25-yanvar. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzurida O‘zbekiston-Xitoy ilmiy-tadqiqot markazi ishga tushdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.


Universitet ma’lumotiga ko‘ra, markazning rasmiy ochilish marosimida TDSHU xitoyshunoslari tomonidan universitetda o‘zbek xitoyshunosligi yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar taqdimoti o‘tkazildi.

Onlayn va oflayn shakllarda bo‘lib o‘tgan anjumanda O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi Farhod Arziyev, Xitoyning mamlakatimizdagi elchixonasi xodimlari, Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Axborot-tahliliy markaz, O‘zbekistondagi SHHT  Xalq diplomatiyasi markazi, TDSHU huzuridagi Konfutsiy instituti vakillari, universitet rahbariyati va xitoyshunos mutaxassislar ishtirok etdi.

Universitetda o‘tgan davr mobaynida xitoyshunoslik sohasida amalga oshirilgan ishlar mehmonlar tomonidan yuqori baholandi. Yangi tashkil etilgan markaz oldida turgan istiqbolli rejalarni bajarishda har tomonlama ko‘mak berilishi ta’kidlandi.

Monografiyalar yaratish, Xitoyning ichki va tashqi siyosati, iqtisodiyot sohasidagi tajribasi hamda Buyuk ipak yo‘lining o‘rni, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollarini o‘rganish, yangi avlod darsliklari, elektron ilovalar yaratish, shuningdek yosh tadqiqotchilar tayyorlash markaz zimmasidagi ustuvor vazifalar ekani qayd etildi.

- Ayni payt markaz tomonidan mustaqillik davrida xitoyshunos olimlar tomonidan yaratilgan ilmiy ishlar turkumi nashrga tayyorlanmoqda, - deya ta’kidladi TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyeva. - Xitoyshunoslarimizning 22 jildli monografiyalari O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligiga ramziy tuhfa bo‘ladi, degan umiddamiz.

Mavzuga oid

Simona Suriano: Toshkentda men O‘zbekist...

Italiya deputatlar palatasi a’zosi, “Italiya – Markaziy Osiyo” parlamentlararo do‘stlik gu...

Tyumen davlat universiteti xorijlik tala...

Shu kunlarda O‘zbekiston xalqi asosiy bayram – davlatimiz Mustaqilligining 29 yilligi kuni...

Tojikistonning mamlakatimizdagi elchisi ...

Tojikistonning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Sodiq Imomi kirib kelayotgan ...

So`nggi yangiliklar