Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Iyul/2020   Jamiyat

Toshkent davlat yuridik universiteti prorektori ICSID xalqaro arbitrlari ro‘yxatiga kiritildi


TOShKENT, 30 iyul. /«Dunyo» AA/. Toshkent davlat yuridik universiteti prorektori, yuridik fanlari doktori, professor Islombek Rustambekov Investitsiya nizolarini hal qilish bo‘yicha xalqaro markaz (ICSID) (Vashington, AQSh) arbitrlari ro‘yxatiga kiritildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Ma’lumot uchun, ICSID – Jahon banki tizimiga kiruvchi xalqaro tashkilot bo‘lib, BMT tomonidan xalqaro investitsiya nizolarini hal etish uchun tuzilgan. Ushbu tashkilot 1966 yilda davlatlar va ajnabiy shaxslar o‘rtasida investitsiyaga doir nizolarni hal etish tartibi to‘g‘risidagi 1965 yil 18 martda qabul qilingan Vashington konvensiyasi asosida tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi mazkur konvensiyaga 1994 yilda qo‘shilgan.

Ta’kidlash joiz, Islombek Rustambekov Gonkong xalqaro arbitraj markazi (HKIAC), Kuala-Lumpurdagi Osiyo xalqaro arbitraj markazi (AIAC) (Malayziya), Delos mustaqil arbitraj instituti arbitrlari hamda Vena xalqaro arbitraj markazi (VIAC) (Avstriya) tomonidan tavsiya etiladigan mutaxassislar ro‘yxatiga ham kiritildi.

Shuningdek, u Xalqaro arbitrlar instituti (CIArb), Hamjamiyat huquqshunoslar assotsiatsiyasi (CLA) (Buyuk Britaniya) va Tijorat arbitraji xalqaro assotsiatsiyasi (ICCA) (Niderlandiya) a’zosidir.

Mavzuga oid

Belgiya, Daniya, Lyuksemburg va Gollandi...

Telekonferensiya qatnashchilariga Oʼzbekistonda pandemiya tarqalishining oldini olish va u...

O‘zbekistonda 1 apreldan nimalar o‘zgara...

Joriy yil 1 apreldan boshlab qonunchilikka kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, amaldagi ayri...

Koreya Respublikasida “O‘zbek tilining i...

Janubiy Koreyaning Xankuk chet tillar universitetida "O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi" ...

So`nggi yangiliklar