Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Dekabr/2020   Jamiyat

Toshkent davlat yuridik universiteti Tomsk davlat universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

TOSHKENT, 23-dekabr. /“Dunyo” AA/. Toshkent davlat yuridik universiteti va Tomsk davlat universiteti (Rossiya) o‘rtasida shartnoma imzolandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri universitet maʼlumotiga tayanib.


Zoom platformasi orqali o‘tkazilgan marosimda TDYUU rektori Rahimjon Hakimov, Tomsk davlat universiteti rektori Eduard Galajinskiy va universitetlarning masʼul xodimlari ishtirok etdi.

Universitetlar o‘rtasida ilmiy va madaniy hamkorlikni yana-da mustahkamlash va qo‘llab-quvvatlash maqsadida imzolangan mazkur hujjat qo‘shma taʼlim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy loyihalarni amalga oshirish, xalqaro grantlar, konferensiya va tanlovlarda ishtirok etish, ilmiy maqolalar, o‘quv va ilmiy adabiyotlarni chop etish borasida hamkorlik qilishda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.

Shartnomaga ko‘ra, TDYUU va Tomsk davlat universiteti o‘rtasida professor-o‘qituvchi va talabalarning akademik almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, hamkorlikda har yili xalqaro ilmiy  konferensiya tashkil etiladi. 

Tomsk davlat universiteti 1878 yil tashkil etilgan. Bugun muassasa tarkibida 15 ta fakultet va 5 ta institut mavjud bo‘lib, ularda 24 ming nafarga yaqin talaba 36 yo‘nalishda tahsil oladi. Oliy o‘quv yurti dunyoning 22 mamlakatidagi universitetlar bilan 87 ta hamkorlik dasturini amalga oshirmoqda.

2020 yil Tomsk davlat universiteti QS World University Rankingda  250-o‘rinni egalladi.

Mavzuga oid

Mehnat migratsiyasi sohasida milliy va x...

“Xususiy bandlik agentliklari institutini takomillashtirish: milliy va xalqaro tajriba” ma...

15 may — Xalqaro oila kuni

Oila faravonligi mamlakat taraqqiyotining asosiy ko‘rsatgichi hisoblanadi.

Orolbo‘yida yerlarning unumdorligini osh...

Innovatsion rivojlanish vazirligi manbasida keltirilishicha, ushbu loyiha Yaponiya fan va ...

So`nggi yangiliklar