Uz / Ўз Ru En

Toshkent

01/Oktabr/2022   Sport

Toshkent dzyudo bo‘yicha jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

 TOSHKENT, 1-oktyabr. /“Dunyo” AA/.   Joriy yil 6-13-oktyabr kunlari Toshkentda kattalar o‘rtasida  dzyudo bo‘yicha jahon chempionati  bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.


Kecha O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasida  mazkur yirik turnir oldidan mamlakatimiz terma jamoasining ishtirokiga bag‘ishgan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda ommaviy axborot vositalari xodimlari terma jamoamizning bo‘lajak musobaqada ishtirok etadigan tarkibi, sportchilarimizning jismoniy va ruhiy holati kabi mavzularda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Taʼkidlanishicha, terma jamoa murabbiylar shtabi hamda shifokorlar sportchilarning holatidan kelib chiqqan holda yakuniy ro‘yxatni eʼlon qilgan. Shuningdek, dzyudochilarimiz har bir bellashuvda bor imkoniyatlarini ishga solishi, medallar uchun maksimal darajada harakat qilinishi qayd etildi.  Bu borada terma jamoaga jalb qilingan Ilias Iliadis, Marko Shpitka kabi xorijiy mutaxassislar astoydil ish olib bormoqda.

Matbuot anjumani yakunida mutasaddilar davlatimiz rahbariyati tomonidan  terma jamoamiz tayyorgarligi, jahon chempionatini o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatilgan eʼtiborni alohida taʼkidlab, uni yuqori saviyada o‘tkazish uchun bor imkoniyatlar safarbar qilinishini  bildirdi.

Mavzuga oid

Yaponiya Bosh vaziri Olimpiada o‘yinlar...

Yaponiya Bosh vaziri Yosixide Suga Olimpiada o‘yinlari 2021 yilning yozida o‘tkazilishini ...

O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCh...

Jahonda kuzatilayotgan koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq murakkab vaziyat tufayli FIFA...

Dzyudo bo‘yicha jahon chempionatida bugu...

Poytaxtimizdagi «Humo Arena» sport majmuasida bo‘lib o‘tayotgan dzyuda bo‘yicha kattalar ...

So`nggi yangiliklar