Uz / Ўз Ru En

Toshkent

08/Mart/2021   Sport

Toshkent «Katta dubulg‘a» musobaqasi o‘z yakuniga yetdi


TOSHKЕNT, 8 mart. /«Dunyo» AA/. Kecha poytaxtimizdagi «Humo arena» muz saroyida dunyoning 71 mamlakatidan 500 nafarga yaqin dzyudochilar tashrif buyurgan dzyudo bo‘yicha Toshkent «Katta dubulg‘a» musobaqasi o‘z yakuniga yetdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Garchi O‘zbekiston terma jamoasi vakillari turnirda asosiy tarkibi bilan ishtirok eta olmagan bo‘lsa ham, qo‘yilgan maqsadga yetishdi, deyish mumkin. Vakillarimiz bellashuvlar davomida 2 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Qayd etish joiz, jamoamiz bundan 9 yil avval Moskvada o‘tgan «Katta dubulg‘a» turnirida ham 6 ta medal (3 oltin, 2 kumush 1 bronza) jamg‘arishga muvaffaq bo‘lgan edi.

Musobaqalar yakuniga ko‘ra, Yaponiya dzyudochilari ajoyib natija qayd etishdi. 11 vaznda bellshuvlarda ishtirok etgan yaponlarning barchasi medal qo‘lga kiritdi. Ulardan 9 tasi oltin, yana bittadan kumush va bronza medallardir.  Turnir natijalariga ko‘ra, Yaponiya umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rinni Mongoliya terma jamoasi band etgan bo‘lsa, kuchli uchlikni Janubiy Koreya yakunlab berdi. O‘zbekiston terma jamoasi esa umumjamoa hisobida oltinchi o‘rinda qayd etildi.

Ilk bor Toshkentda o‘tkazilgan «Katta dubulg‘a» turniri xalqaro dzyudo federatsiya va sport jamoatchiligi tomonidan barcha yo‘nalishlarda e’tirof etildi.

Mavzuga oid

Kurash bo‘yicha O‘zbekiston Prezidenti s...

Kecha Termiz shahrida kurash bo‘yicha O‘zbekiston Prezidenti sovrini uchun Hakim at-Termiz...

O‘zbekiston «ArMi – 2020» xalqaro armiya...

Joriy yilning 23 avgust – 5 sentyabr kunlari o‘tkazilgan «ArMI – 2020» xalqaro armiya o‘yi...

Rotterdamda vatandoshlar ishtirokida min...

Rotterdamda (Niderlandiya) O‘zbekistonning Benilyuks mamlakatlaridagi elchixonasi ko‘magi ...

So`nggi yangiliklar