Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/Mart/2021   Sport

Toshkent «Katta dubulg‘a» musobaqasiga start berildi


TOShKENT, 5 mart. /«Dunyo» AA/. Bugun poytaxtimizdagi «Humo arena» muz saroyida dzyudo bo‘yicha Toshkent «Katta dubulg‘a» musobaqasi start oldi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Jahonda saqlanib turgan murakkab epidemiologik vaziyatga qaramasdan nufuzli turnirga qiziqish juda yuqori bo‘ldi. Musobaqada 71 mamlakatdan 500 ga yaqin dzyudochi ishtirok etmoqda. Ularning 296 nafari erkak, 201 nafari esa ayol sportchilardir. Ular orasida terma jamoamizning 45 nafar vakili ham kurash olib boradi.

3 kun davomida dunyoning eng kuchli dzyudochilari ishtirok etadigan ushbu musobaqani yuqori saviyada tashkil qilishga astoydil harakat qilindi. Toshkent «Katta dubulg‘a» ishtirokchilari Tokio Olimpiadasining reyting ochkolarini to‘plash imkoniyatiga ham ega bo‘ladi.

 Bugun erkaklar o‘rtasida -60 va -66 kg, ayollar o‘rtasida -48, -52 va -57 kg vazn toifalarida bellashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.

Musobaqaning kutilmagan natijasi terma jamoamizning -60 kg vazn toifasida birinchi raqamli vakili Sharofiddin Lutfillaevning mag‘lubiyati bo‘ldi. Belaruslik Artem Kolasauga qarshi bahsda “vazari” bahosi bilan oldinda borayotgan Sh.Lutfillaev kutilmaganda og‘ritish usuliga tushib qoldi va  raqibiga imkoniyatni boy berdi.

Vakillarimizdan Dilshodbek Baratov, Kemran Nurillaev, Dilshodbek Yo‘ldoshev, Diyora Keldiyorova o‘z vazn toifalarida kurashni g‘alaba bilan boshladi.

Musobaqalar 7 martga qadar davom etadi.

Mavzuga oid

Tokio Olimpiadasi soddalashtirilgan form...

Tokiodagi yozgi Olimpiada o‘yinlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi so‘nggi qaror kelasi yil bah...

O‘zbekiston «ArMi – 2020» xalqaro armiya...

Joriy yilning 23 avgust – 5 sentyabr kunlari o‘tkazilgan «ArMI – 2020» xalqaro armiya o‘yi...

Bobousmon Baturov bokschilarimiz orasida...

Iordaniya poytaxtida boks bo‘yicha Osiyo-Okeaniya mintaqalari uchun Tokio Olimpiadasiga yo...

So`nggi yangiliklar