Uz / Ўз Ru En

Toshkent

22/Aprel/2021   Sport

Toshkent qilichbozlik bo‘yicha xalqaro musobaqaga mezbonlik qildi


TOSHKЕNT, 22 aprel. /«Dunyo» AA/. 25-26 aprel kunlari Toshkentda qilichbozlik bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Milliy olimpiya qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, mazkur turnir qilichbozlik bo‘yicha Tokio-2020 yozgi Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi Osiyo-Okeaniya mintaqasi saralash bosqichi hisoblanadi.

27 ta davlat atletlari turnirda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan. Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasi esa faqat musobaqada birinchi o‘rinni egallaganlarga taqdim etiladi.

Tashkilotchilarga ko‘ra, musobaqada har bir mamlakatdan  bir nafar sportchi qilichbozlikning shpaga, rapira hamda sablya yo‘nalishlarida ishtirok etishi mumkin.

Mavzuga oid

Germaniyada 80 nafardan ziyod nemis yosh...

Germaniyaning Xaydenxaym, Gingen va Shtutgart shaharlarida o‘zbek milliy kurash sporti bo‘...

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sentyab...

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi shu yilning sentyabr oyida Tojikiston ter...

O‘zbekiston dzyudochilari Dohada o‘tkazi...

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi joriy yil 11-13 yanvar kunlari Qatar poytaxti Do...

So`nggi yangiliklar