Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Aprel/2020   Qonunchilik

Toshkent shahrini 2041-yilgacha rivojlantirish bosh reja loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha Prezident qarori muhokamaga qo‘yildi


TOSHKENT, 29-aprel. /“Dunyo” AA/. Prezidentning “Toshkent shahrini 2041-yilgacha rivojlantirish bosh reja loyihasini ishlab chiqishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi O‘zbekiston Respublikasi meʼyoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida muhokama uchun joylashtirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Toshkent shahar hokimligi, “ToshkentboshplanLITI” DUK, “Kentsel Yenileme Merkezi A.S.” (Turkiya) kompaniyasi ishtirokida Toshkent shahrini 2041-yilgacha rivojlantirish bo‘yicha bosh reja konsepsiyalari ishlab chiqilgan.

Toshkent shahri bosh rejasi konsepsiyasining asosiy qoidalari O‘zbekiston Respublikasini kelgusida Markaziy Osiyoning yirik maʼmuriy-xo‘jalik, madaniy va ilmiy sanoat markazi sifatida rivojlanishini ko‘zda tutadi.

Toshkent shahrini 2041-yilgacha rivojlantirish bosh rejasini ishlab chiqish maqsadida, Toshkent shahar hokimligi tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiyalarga asoslangan Toshkent shahrini 2041-yilgacha rivojlantirish Bosh rejasi konsepsiyasining asosiy qoidalari maʼqullanadi.

Bosh reja konsepsiyasiga ko‘ra, shaxsiy avtomobil transportining miqdor jihatidan o‘sishida  barcha jamoat transportlarining turlarini takomillashtirish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Elektrobuslar kabi yangi ekologik transport turlarini joriy qilish. Jamoat transporti uchun ajratilgan chiziqlarni yaratish, velosiped yo‘lakchalari tizimini yaratish belgilanmoqda.

Metropoliten tizimini tezyurar, ekologik va ko‘p yo‘lovchi sig‘imiga ega jamoat transporti sifatida yana-da rivojlantirish, yangi qurilishga yer osti kabi bo‘lganidek yer usti liniyalarini qurish mo‘ljallanmoqda.

Bosh reja konsepsiyasining asosiy qoidalariga ko‘ra, uzoq istiqbolga, atrof-muhit va ekologiyani yaxshilash va xavfsizlikni taʼminlash bo‘yicha shahardan (shahar markazidan 24-25 kilometr) Janub tomonga 9 kilometr uzoqlikda yangi Toshkent aeroportini joylashtirish ko‘zda tutilmoqda.

Magistral ko‘chalarning uzunligi 1502,2 kilometrni, jumladan uzluksiz harakatlanish magistrali 353,6 kilometrni tashkil etadi.

Shahar qurilishi doirasidagi ko‘cha magistral tarmog‘ining zichligi hisob-kitob muddatida 2,2 kilometr kvadratgacha ortadi.

Rejalashtirish kompozitsiya karkasi – shaharning barcha hududlari Amir Temur, Beruniy, Samarqand Darvoza – Lutfiy, Shota Rustaveli – Usmon Nosir – Yangi Sergeli yo‘li, Istiqbol – Farg‘ona yo‘li, Mustaqillik – Buyuk ipak yo‘li, Bobur – Qumariq – Proyektnaya, Qoratosh – Ko‘kcha darvoza bilan yadro markazlarni bog‘lovchi asosiy tuzilmaviy radial yo‘nalishlar bilan shakllanadi.

Loyihada eski shahar qismi hududi muhim shaharsozlik ansambli sifatida qabul qilinadi va loyiha taklifida shaharning tarixiy qurilish qiyofasini saqlab qolish ko‘zda tutilgan. Qurilishni rekonstruksiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ro‘yxatga binoan amalga oshiriladi.

Mavzuga oid

Oliy Majlis Senati Konstitutsiyaga o‘zg...

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining rasmiy saytida O‘zbekiston Respublikasini...

O‘zbekistonda fuqarolar erkinligini che...

Endilikda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ko‘chmas mulkka ega bo‘lish uchun bu hudu...

Parlament quyi palatasi qo‘mitasida XVJ...

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi aʼzolari v...

So`nggi yangiliklar