Uz / Ўз Ru En

Toshkent

13/Avgust/2022   TIV yangiliklari

Toshkent va Bryussel noyabr oyida Samarqandda Yevropa Ittifoqi –Markaziy Osiyo formatidagi bo‘lajak qo‘shma tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda

TOSHKENT, 13-avgust. /“Dunyo” AA/. Tashqi ishlar vazirligida Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Muvaqqat ishlar vakili, YEI delegatsiyasi rahbari o‘rinbosari Mindaugas Kacherauskas bilan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama kun tartibining dolzarb masalalari, shuningdek, Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo hamkorligi formatining samaradorligini oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar 2022 yil noyabr oyida Samarqand shahrida «Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo» formatidagi tashqi ishlar vazirlarining navbatdagi uchrashuvi va O‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash birinchi Vazirlar konferensiyasini tashkil etishga oid masalalariga alohida eʼtibor qaratdi.

Yuqorida taʼkidlangan tadbirlarni tayyorlash, ularning kun tartibini aniq takliflar va amaliy mazmun bilan boyitish bo‘yicha Yevropa tomoni bilan muntazam ishchi uchrashuvlar o‘tkazish amaliyotini davom ettirish yuzasidan kelishib olindi.

Mavzuga oid

Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari BMT...

Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov BMTning O‘zbekiston...

O‘zbekiston va Qatar Afg‘onistonda tinch...

Kecha Antaliya shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Qatar Bosh vazi...

O‘zbekiston va Eron tashqi ishlar vazirl...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov kecha Tehron shahrida Eron tashqi ishla...

So`nggi yangiliklar