Uz / Ўз Ru En

Toshkent

19/Yanvar/2022   Ta'lim

Toshkent va Nagoyaning maktab o‘quvchilari onlayn tarzda uchrashdilar

 TOKIO, 19 yanvar. /“Dunyo” AA/. Kecha Nagoya shahridagi Shimoliy yuqori maktabining 1-sinf o‘quvchilari va Toshkent Davlat sharqshunoslik universiteti qoshidagi akademik litsey  o‘quvchilari o‘rtasida onlayn madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Tadbir Toshkent va Nagoya shaharlari o‘rtasida birodarlik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risidagi Hamkorlik bitimi doirasida O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi ko‘magida tashkil etildi.

Ushbu onlayn tadbirda Toshkent Davlat sharqshunoslik universiteti prorektori E.Mahmudov, mazkur universitet qoshidagi Akademik litsey direktori X.Sultonov, shuningdek, har ikki tomondan 60 nafarga yaqin o‘qituvchi  va o‘quvchilar ishtirok etdi.

Madaniy almashuv tadbiri davomida mamlakatimiz o‘quvchilari o‘zbek oilalaridagi maʼnaviy muhit, milliy urf-odatlarimiz va maʼnaviy meʼrosimiz,  Vatanimiz tarixi,  poytaxt – Toshkent shahrining bugungi qiyofasi va akademik litsey faoliyati to‘g‘risida taqdimot o‘tkazdilar.

Yaponiyalik o‘quvchilar, o‘z navbatida,  Nagoya shahri, uning taʼlim muassasalari, yapon xalqi madaniyati, milliy taomlari va shirinliklari haqidagi maʼlumotlarni o‘rtoqlashdilar.   

Tadbir yakunida ishtirokchilar O‘zbekiston va Yaponiya  o‘rtasidagi taʼlim hamda madaniyat sohasidagi aloqalarni yana-da kuchaytirish, ikki mamlakat yoshlarini o‘zbek va yapon xalqi merosi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida kelgusida bunday uchrashuvlarni  muntazam o‘tkazishga kelishib oldilar.

Mavzuga oid

Germaniyalik arxitektor asori atiqalarni...

Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida meʼ...

O‘zbekistonning bir guruh diplomatlari M...

O‘zbekistonlik bir guruh diplomatlar Misr Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Taraqqiyot yo...

Kembridj universitetida o‘zbekistonlik e...

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) prorektori G.Ismailova boshchiligid...

So`nggi yangiliklar