02/Dekabr/2022 TIV yangiliklari
TOSHKENT, 2 dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Furqat Sidiqov kecha Koreya Respublikasi elchisi Kim Xi Sang bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, muloqot chog‘ida O‘zbekiston - Koreya Respublikasi hamkorligining bugungi kun tartibiga oid keng ko‘lamli masalalar, jumladan, turli darajadagi bo‘lajak tadbirlar ko‘rib chiqildi.
Joriy yil 25 noyabr kuni Toshkent shahrida ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan siyosiy maslahatlashuvlar yakunlari bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirish muhimligiga alohida eʼtibor qaratildi.
Anvar Ilyosov olgan surat (“Dunyo” AA).