Uz / Ўз Ru En

Toshkent

21/Avgust/2022   Sanalar

Toshkentda "Abu Ali ibn Sino merosi: Sharq va G‘arb olimlari nigohida" mavzuiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi

TOSHKENT, 21-avgust. /“Dunyo” AA/. Poytaxtimizda  O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va  Ibn Sino jamoat fondi Islom hamkorligi tashkiloti huzuridagi Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRCICA) bilan hamkorlikda “Abu Ali ibn Sino merosi: Sharq va G‘arb olimlari nigohida” mavzuidagi xalqaro konferensiya  bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


O‘bekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining Matbuot xizmatidan maʼlum qilinishicha, ushbu xalqaro tadbirda  Eron, Turkiya, Misr, Germaniya, Hindiston, Isroil, Koreya Respublikasi, Tojikiston, Qirg‘iziston hamda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va “Milliy Tiklanish” partiyasi, ularning hududiy bo‘linmalari, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari vakillari Abu Ali ibn Sinoning  o‘rta asrlar islom olamida tibbiyot va unga bog‘liq fanlar ravnaqiga qo‘shgan hissasi haqidagi maʼlumotlarni mujassam etgan maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.

Ishtirokchilar  buyuk alloma Ibn Sinoning jahon ilm-fani tarixida qomusiy olim sifatida tibbiyot, tabiat, astronomiya, matematika, musiqa, kimyo, axloq, adabiyot va tilshunoslikka bag‘ishlangan dunyoda mashhur bo‘lgan ilmiy merosi, Sharq va G‘arb mamlakatlari xalqlarining ilm fani rivojlanishiga ijobiy taʼsir ko‘rsatganligiga oid ilmiy mulohazalar  muhokama qilindi, takliflar va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Xalqaro konferensiya onlayn va oflayn shaklda tashkil etildi.

Mavzuga oid

Kuvaytda Navro‘z shukuhi

Mamlakatimizning Kuvaytdagi elchixonasida Navro‘z umumxalq bayrami keng nishonlandi

12 iyun – Butunjahon bolalar mehnatiga q...

Bugun dunyo hamjamiyati Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurash kunini nishonlamoqda

Amir Temur qurdirgan inshootlar jahon me...

9-aprel – Amir Temur tavalud topgan kun. Buyuk bobokalonimiz bunyodkorlik sohasida ham ka...

So`nggi yangiliklar