Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/Iyun/2022   Dolzarb

Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari Ombudsmanlarining I forumi o‘tkazildi

TOSHKENT, 28-iyun. /“Dunyo” AA/. Bugun «O‘zbekiston« xalqaro anjumanlar saroyida «Markaziy Osiyo davlatlari Ombudsmanlarining inson huquq va erkinliklarini taʼminlashdagi hamkorligi» mavzusida Markaziy Osiyo davlatlari Ombudsmanlarining I Forumi o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Forum O‘zbekiston Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, USAID missiyasi, YEXHT loyihalari koordinatori, Xalqaro qamoqxonalar islohoti (PRI) tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Ilk marotada o‘tkazilayotgan forumdan maqsad Markaziy Osiyo davlatlari Ombudsmanlarining inson huquqlari sohasidagi xalqaro hamkorligini rivojlantirish, inson huquqlarini dolzarb masalalari bo‘yicha mintaqaviy muhokamalar tashkil qilish hamda bu yo‘ldagi saʼy-harakat va imkoniyatlarni birlashtirishdan iborat.

Anjumanda BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, USAIDning O‘zbekistondagi missiyasi, YEXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori, Xalqaro qamoqxonalar islohotining (PRI) Markaziy Osiyodagi vakolatxonasining Mintaqaviy dasturiy menedjeri, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakili, YUNISEFning O‘zbekistondagi vakili, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy bo‘linmasi, BMTning giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi hamda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlari Ombudsmanlari shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari va OAV vakillari ishtirok etdi.

Qayd etish joizki, 1995 yil 23 fevral kuni MDH davlatlari orasidan O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib Ombudsman instituti joriy etilgan. O‘tgan davr mobaynida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) ko‘plab fuqarolarning murojaatlarini hal etish jumladan, harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarda saqlanayotgan shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilishda o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘ldi. Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili  Xalqaro Ombudsman instituti, Yevropa Ombudsman instituti, Osiyo Ombudsmanlar Assotsiatsiyasi, Turkiy tilli davlatlar Ombudsmanlari hamda Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar Assotsiatsiyasi hamda Yevroosiyo Ombudsmanlari Alyansi kabi xalqaro tashkilotlarning to‘la qonli aʼzosi bo‘ldi.

Tadbir doirasida Markaziy Osiyo davlatlari Ombudsmanlari o‘rtasida ikki tomonlama Memorandumlar imzolandi. Ushbu hujjatlar Markaziy Osiyo davlatlari Ombudsmanlarining aloqalarni yana-da mustahkamlashga xizmat qiladi.

Uchrashuvda Markaziy Osiyo davlatlari Ombudsmanlarining asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri sifatida fuqarolar murojaatlarini hamkorlikda ko‘rib chiqish vazifasi belgilandi.

Anjuman kun tartibiga binoan uch sessiya bo‘lib o‘tdi. Sessiyalarda xotin-qizlar, bolalar, nogironligi bo‘lgan shaxslarni himoya qilish va rag‘batlantirish hamda raqamli texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati hamda jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslar huquqlarining taʼminlash masalalari muhokama qilindi.

Forum yakunida Markaziy Osiyo davlatlari Ombudsmanlari I Forumining Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi.

Mavzuga oid

Janubiy Koreyadan munosabat: O‘zbekiston...

“Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining (Turkiy kengash) videoanjuman shaklida bo‘l...

Xorijdagi vatandoshlar bilan doimiy mulo...

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Erkin ­Hamroyev bilan suhbat...

Xitoy ommaviy axborot vositalari O‘zbeki...

O‘zbekiston va Xitoy rahbarlari o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yill...

So`nggi yangiliklar