Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/Mart/2023   "Dunyo" AA reportaji

Toshkentda YEXHT DIIHB Referendumni kuzatish bo‘yicha cheklangan missiyasining ofisi ochildi

TOSHKENT, 28-mart. /“Dunyo” AA/. Toshkentda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining Referendumni kuzatish bo‘yicha cheklangan missiyasi 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha referendumni kuzatib borish bo‘yicha ofisini ochdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Kecha O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasining (MSK) navbatdagi yig‘ilishida Tashqi ishlar vazirligi taklifi asosida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha referendumda ishtirok etish uchun YEXHT DIIHB kuzatuvchilarini akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Bugun bo‘lib o‘tgan brifingda missiya rahbari Albert Yonsson joriy faoliyat O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarni kuzatish bo‘yicha o‘ninchi missiya ekanligini taʼkidladi. «Missiya YEXHT DIIHBga aʼzo mamlakatlardan saylov monitoringi bo‘yicha katta tajribaga ega bo‘lgan o‘n kishidan iborat, - dedi Albert Yonsson. - 3 aprel kuni missiyaning yana 14 nafar aʼzosi  O‘zbekistonga  keladi va  ular bevosita mamlakatingiz  hududlarida ishlaydilar».

Missiyaning asosiy maqsadi referendumning umumeʼtirof etilgan xalqaro tamoyillar va huquqiy meʼyorlarga muvofiq o‘tishini nazorat qilishdan iboratligi taʼkidlandi.

«Referendum yakunlangach, ertasi kuni missiya kuzatuvlarimiz bo‘yicha dastlabki xulosalarni taqdim etadi. U matbuot anjumani chog‘ida eʼlon qilinadi, - dedi missiya rahbari Albert Yonsson. -Missiyamiz natijalari bo‘yicha yakuniy xulosalar ikki oy ichida taqdim etiladi».

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov  bugun YEXHT DIIHB Referendumni kuzatish bo‘yicha cheklangan missiyasi rahbari Albert Yonsson bilan uchrashdi.

 Anvar Ilyosov olgan surat (“Dunyo” AA).

Mavzuga oid

ITB Boshqaruvchilar kengashining 46-yill...

Bugun Toshkentda koronavirus pandemiyasi davrida birinchi marta offlayn shaklda o‘tayotgan...

«Tashkent Flower Festival 2022» gullar ...

Ikki kundan buyon toshkentliklar va poytaxtimiz mehmonlari «Tashkent Flower Festival 2022»...

Samarqandda Xalqaro turizm markazi ochil...

Bugun kechqurun Samarqandda Xalqaro turizm markazining ochilish marosimi boshlandi, deb xa...

So`nggi yangiliklar