Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Sentabr/2022   "Dunyo" AA reportaji

Toshkentda Axborotdan erkin foydalanish kuniga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘z ishini yakunladi

TOSHKENT, 30-sentyabr. /“Dunyo” AA/. Toshkentda Axborotdan erkin foydalanish xalqaro kuniga bag‘ishlangan «Sunʼiy intellekt, elektron boshqaruv va axborotdan foydalanish» mavzusida o‘tkazilgan ikki kunlik konferensiya yakunlandi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.


Xalqaro anjuman yakunida uning ishtirokchilari bo‘lgan OAV vakillariga sertifikatlar topshirildi.

Anjuman Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoatchilik fondi va YUNESKO hamkorligida tashkil etildi.

– Ikki kun davomida YUNESKO vakillari va dunyoning ko‘plab davlatlaridan kelgan yetakchi ekspertlar ishtirokida axborot sohasidagi muhim masalalarni muhokama qildik, – deydi O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xodjayev. – Konferensiyani qo‘llab-quvvatlagan va faol ishtirok etgan hurmatli mehmonlarimiz – YUNESKO Bosh direktorining aloqa va axborotlashtirish bo‘yicha yordamchisi Taufik Jelassi va YUNESKOning O‘zbekistondagi vakili Sara Noshadi, shuningdek, AQSH, Meksika, Kanada, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Avstriya, Vengriya, Ispaniya, Avstraliya, Portugaliya, Argentina, Niderlandiya, Estoniya, Pokiston, Hindiston, Bangladesh, Uganda, Filippin, Tunis, Marokash, Ozarbayjon va Qozog‘istondan tashrif buyurgan ishtirokchilarga alohida minnatdorlik bildiramiz. Axborot sohasidagi dolzarb muammolarga umumiy yechim topishga qaratilgan hamkorlik aloqalarimiz kelgusida ham izchil rivojlanadi, deb o‘ylayman. Mutaxassislarning fikricha, so‘nggi yillarda O‘zbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va sunʼiy intellekt sohasida noyob yutuqlarga erishdi.

Konferensiya yakunida  ishtirokchilar uchun o‘zbek yosh  sanʼatkorlari ishtirokida konsert dasturi taqdim etildi.

Mavzuga oid

Buxoroda Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik...

Ko‘hna va hamisha navqiron Buxoroda Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali bo‘lib o‘tm...

O‘zbekistondan Afg‘onistonga gumanitar y...

Bugun maxsus samolyotda Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan O‘zbekistondan ...

Namanganda Farg‘ona vodiysi moda haftali...

Kecha Namanganda Farg‘ona vodiysi moda haftaligi-2022 tadbirlarining tantanali ochilish ma...

So`nggi yangiliklar